Ру Ўз O`z En

229 ta holatda suvning hisob -kitobi yuritilmagan

5 Oktyabr 2020 2113

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil  22 maydagi 310-sonli “Qishloq xo‘jaligida suvdan foydalanish samaradorligini oshirish va suvni yetkazib berish bo‘yicha xarajatlarni qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zagroinspeksiya” tomonidan sun’iy suv ob’ektlaridagi suv olish joylarini suvni boshqarish va hisobga olish vositalari bilan jihozlash hamda suvning hisob-kitobi yuritilishi yuzasidan joylarda maqsadli o‘rganishlar o‘tkazilib kelinmoqda

Xususan, belgilangan tartibda o‘tkazilgan o‘rganishlarda jami 3141 ta holatda kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi:

Jumladan, suv xo‘jaligi tizim tashkilotlari hisobida bo‘lgan irrigatsiya tizimlarida 603 ta suv olish joylaridagi suvni boshqarish vositalari, 406 ta suv olish joylaridagi suv o‘lchash vositalari nosozligi, 229 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi jurnallari yuritilmaganligi hamda 340 ta suv olish joylarida jurnallar xatoliklar bilan yuritilganligi aniqlandi.

Shuningdek, suv iste’molchilari uyushmalari, fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan ishlatilayotgan sug‘orish tarmoqlaridagi 1022 ta suv olish joylari suvni boshqarish, 851 ta suv olish joylari suv o‘lchash vositalari bilan jihozlanmagan. 1422 ta suv olish joylarida suvning hisob-kitobi yuritilmagan.

O‘rganishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan Inspeksiya tomonidan vakolati doirasida huquqbuzarlarga nisbatan 567 ta (211,3 mln.so‘m) ma’muriy, 836 ta (607,5 mln.so‘m) jarima sanksiya qo‘llanildi. 870 ta holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar ko‘rib chiqishlik uchun ma’muriy sudlarga kiritilishi ta’minlandi.

O‘z navbatida, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga ma’muriy huquqbuzarliklar sodir etish sabablari va ularga olib kelgan shart-sharoitlarni bartaraf qilish yuzasidan choralar ko‘rish to‘g‘risida  418 ta yozma ko‘rsatma va taqdimnoma kiritildi. 

Bundan tashqari, huquqbuzarlik sodir etilishini erta oldini olish maqsadida 2178 ta suvdan foydalanuvchilar va suv iste’molchilariga rasman ogohlantirishlar berildi.

Bugungi kunda nazorat tadbirlari belgilangan tartibda o‘tkazilib kelinmoqda.

 

“O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv  resurslaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi

Text to speech