Ру Ўз O`z En

41,5 tonna urug‘lik kartoshka davlat satandartiga nomuvofiq deb topildi

4 Iyun 2020 3056

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 maydagi  “Respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug‘chiligini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4704-sonli qarori qabul qilingan. Mazkur qarorga muvofiq, Respublikada ekiladigan urug‘lik kartoshkalarni buyurtmachilarning arizalariga asosan, “O‘zagroinspeksiya” qoshidagi “Agrosanoat majmuida  xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUK tomonidan mahalliy tayyorlangan va xorijdan keltirilgan urug‘lik kartoshkalarning ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari tahlil qilinib sertifikatlashtirish ishlari amalga oshiriladi va bunday tadbirlar Inspeksiyaning- Ko‘chatlar, meva va poliz qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini yetishtirishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan to‘liq nazoratga olingan.

Bugungi kunga kelib, mahalliy yetishtirilib tayyorlangan urug‘lik kartoshkalardan 600 tonna hamda xorijiy davlatlardan import qilingan jami 863,1 tonna urug‘lik kartoshkalardan 406,6 tonnasi ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sertifikatlashtirildi. Xorijdan import qilingan urug‘lik kartoshkalarning 41,5 tonnasi ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha nomuvofiq deb topilib, tegishli tartibda nomuvofiqlikligi bo‘yicha sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan.

Jumladan, Gollandiyadan import qilingan: "Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi" MChJning 285 tonna, "Qashqadaryo kartoshkachilik markazi" MChJning 148,8 tonna, "Bananza Trade Export" MChJning 131,5 tonna, jami bo‘lib 565,3 tonna urug‘lik kartoshkalarga muvofiqlik sertifikatlari berilgan.

Shuningdek, mahalliy yetishtirilib tayyorlangan “Bo‘stonliq kartoshkachilik markazi” MChJning 600 tonna urug‘lik kartoshkalari ekinboplik sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha sertifikatlangan.

"Bananza Trade Export" MChJning Gollandiyadan import qilingan jami 41,5 tonna urug‘lik kartoshkalari GOST 33996-2016 davlat standarti talablariga javob bermaganligi sababli nomuvofiq deb topilib nomuvofiqlik to‘g‘risida sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan.   

Text to speech