Ру Ўз O`z En

Namangan viloyati Uychi tumanidagi “Namangan Don va dukkakli ilmiy tadqiqot instituti ”da  urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv-seminari o‘tkazildi

15 Avgust 2023 1679

Joriy yilda Namangan viloyatida jami 61 ming  gektardan ziyod  maydonda g‘o‘za parvarishlanayotgan bo‘lib, o‘tkazilgan tender tanlovlarida g‘olib chiqqan  240 nafar fermer xo‘jaligining 6 ming 428 gektar yerida urug‘lik paxta yetishtirilmoqda. Iqlim sharoitiga mos, serhosil “Andijon-35”,     «S-6524», «S-8295», “Namangan-34”, “Namangan-77”, “Buxoro-102” hamda yangi istiqbolli g‘o‘za navlarining yuqori avlodli urug‘liklarini olish rejalashtirilgan.

Hududlarda mahalliy sharoitlarda yaxshi hosil berayotgan navlarni tahlil qilish, Super elita va elita urug‘larini ko‘paytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, yangi navlarni yaratish, bu borada olimlar bilan ilmiy hamkorlikni yana-da kuchaytirish borasida viloyatda tizimli ishlar olib borilyapti. Viloyatda mazkur masala yuzasida o‘tkazilgan seminarda dala sharoitida g‘o‘za navdorligini aniqlash bo‘yicha aprobatsiya o‘tkazish va hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi, g‘o‘za navlarini to‘g‘ri joylashtirish va sifatli urug‘lik jamg‘armasini yaratishda g‘o‘za aprobatsiyasining maqsad va vazifalari, urug‘lik paxta maydonlarida dala aprobatsiyasini normativ-huquqiy hujjatlar talablari asosida o‘tkazilishini nazorat qilib borish, urug‘lik maydonlarda aprobatsiya ko‘riklarini o‘tkazish, navga xos bo‘lmagan g‘o‘za tuplaridan tozalash, hosilini terib olish tartibi va yaroqsiz deb topilgan maydonlardan urug‘lik paxta terishga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida so‘z yuritildi. Tadbirda inspeksiya mutaxassislari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 641-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida urug‘lik paxta maydonlarida birinchi hosilni terib bo‘lmagunga qadar defoliatsiya qilish ishlarini o‘tkazmaslik belgilangani taʼkidlandi.

Text to speech