Ру Ўз O`z En

BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) vakillari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

14 Avgust 2024 1020

O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi vaziyatni baholash doirasida FAO ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda FAO mintaqaviy byurosining vakillaridan biri janob Orjon Djodji boshchiligidagi xalqaro ekspertlar guruhi "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi“ davlat muassasasiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida, xalqaro ekspertlar Markazda joylashgan laboratoriyalar majmuasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Shu bilan birga, xalqaro ekspertlarga "O‘zagroinspeksiya"ning agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimidagi o‘rni hamda mahsulotlarni sifatini baholash va sertifikatlashtirish faoliyatiga doir jarayonlar yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi.

Uchrashuv tomonlar o‘rtasida savol-javob tarzida tashkil etilib, xalqaro ekspertlarning savollariga "O‘zagroinspeksiya" mutaxassislari tomonidan atroflicha javob va tushuntirishlar berildi.

Uchrashuv yakunida, xalqaro ekspertlar "O‘zagroinspeksiya"ning agrar va oziq-ovqat xavfsizligi tizimida olib borayotgan ishlar yaxshi yo‘lga qo‘yilganligi va xalqaro darajada amalga oshirilayotganligini taʼkidladi, shuningdek, O‘zbekistonda urug‘chilik xo‘jaliklariga yetkazib berilayotgan urug‘liklarning sifatiga katta eʼtibor qaratilayotganiga yo‘naltirilgan ishlarni alohida eʼtirof etdi.

Uchrashuv tomonlar o‘rtasida samimiy va ko‘tarinki ruhda kechdi.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya doirasida Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev va  FAO bosh direktori Syuy Dunyuy bilan o‘tgan rasmiy uchrashuvda O‘zbekiston va FAO o‘rtasidagi 2030 yilgacha bo‘lgan yangi hamkorlik dasturiga uchta yo‘nalish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kiritish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi.

Ular:

  • qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, jumladan, tuproqni tartibga solish, urug‘larni saqlash va tanlash;

  • qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, jumladan, «Qo‘lni qo‘lga» tashabbusi doirasida maʼlumotlardan foydalanish va «1000 ta raqamli qishloq» tashabbusini amalga oshirish;

  • yangi samarali moliyaviy vositalarni joriy etish.

"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech