Mazkur markaz Hisob palatasi bilan hamkorlikda tashkil etilib, tizimda byudjet mablag‘larini maqsadli va samarali ishlatilishi hamda daromadlaringning to‘liqligi ustidan monitoring va nazorat tizimini o‘rnatish imkonini beradi.
Situatsion markaz zamonaviy axborot-kommunikatsiya qurilmalari bilan jihozlandi hamda masofaviy monitoringni tashkil etish uchun zarur axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalariga ulash ta’minlandi. Natijada, “UzASBO”, “xarid.uzex.uz”, “Shaffof qurilish”, “registr.stat.uz” va boshqa axborot tizimlari va Hisob palatasining elektron ma’lumotlar bazasidan foydalanish imkoniyati yaratildi.