Ру Ўз O`z En

Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish yuzasidan mutaxassislarning o‘quv kursi tashkil etildi

8 May 2024 1227

Hukumatning tegishli qarori bilan tasdiqlangan “Urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda qishloq xo‘jaligi ekinlarini aprobatsiya qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizom talablari asosida Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 25 apreldagi “Urug‘lik don olish uchun ekilgan g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish to‘g‘risida”gi buyruqning 6-bandida g‘alla maydonlarida aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish bo‘yicha respublikada ko‘rgazmali o‘quv-seminarlari tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilab berilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasida joriy yilning 3 – 8 may kunlari shartnoma asosida ilk marotaba “Urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish hamda hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi” bo‘yicha o‘quv kursi tashkil etildi.

Mazkur o‘quv kursida nazariy va amaliy o‘quv mashg‘ulotlari amaldagi normativ- huquqiy hujjatlar, texnik jihatdan tartibga solishga doir normativ hujjatlar asosida ishlab chiqilgan o‘quv- tematik dasturlarga muvofiq mashg‘ulotlar amalga oshirildi.

O‘quv kursida mashg‘ulotlar ko‘p yillik tajribaga ega mutaxassislar tomonidan o‘tkazilib, kurs yakuni bilan tinglovchilarga maxsus guvohnomalar taqdim etildi.

 

Text to speech