Ру Ўз O`z En

«O‘zagroinspeksiya»ning Xorazm viloyati boshqarmasi va tumanlari xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-184-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan “o‘quv seminar” tashkil etildi.

10 Aprel 2025 196

Xabaringiz bor, tadbirkorlarga qonunchilik talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishiga ko‘maklashish va qonunbuzarlikning barvaqt oldini olish mexanizmlarini takomillashtirish, ularning huquqlarini ishonchli himoya qilish va nazorat qiluvchi organlarning masʼuliyatini yana-da oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabridagi “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-184-sonli Farmoni qabul qilingan.

Mazkur Farmon bilan, Tadbirkorlar uchun qulay biznes muhitini yaratish hamda ularning qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, farmonning 3-ilovasida “Tadbirkorlar huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 16-bandida malakali mutaxassislar, ekspertlar, jumladan, Biznes-ombudsman, Savdo-sanoat palatasi va boshqa manfaatdor idoralar xodimlarini jalb etgan holda reja-grafikka asosan seminar-treninglarni tashkil etish vazifasi yuklatilgan.

Ushbu topshiriq va vazifalardan kelib chiqib, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari xodimlari ishtirokida o‘quv seminari tashkil qilindi.

Ushbu bo‘lib o‘tgan seminarda, Biznes ombudsman, Savdo sanoat palatasi va Adliya vazirligining viloyat boshqarmasi masʼul xodimlari ham ishtirok etdilar.

Mazkur seminarni o‘tkazishdan maqsadimiz tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarga chek qo‘yish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari va ularga kiritilgan o‘zgarishlarni tushuntirish hamda ularning talablari buzilishining oldini olish, shuningdek, qonunbuzarlik holatlariga olib kelishi mumkin bo‘lgan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida o‘tkazildi.

O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi

 

Text to speech