Ру Ўз O`z En

"O‘zagroinspeksiya" tomonidan 40 mingga yaqin qishloq xo‘jaligi texnikalariga texnik pasport va texnik guvohnomalar berildi

13 Oktyabr 2023 2264

"O‘zagroinspeksiya" faoliyatini tartibga soluvchi meʼyoriy-huquqiy hujjatlar hamda "Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi qaroriga asosan bugungi kunda Inspeksiyaning Texnikalar holatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Jumladan, soha mutaxassislari tomonidan shu kunga qadar jami 3 mingga yaqin profilaktik tadbirlar o‘tkazilgan. Shuningdek tekshirishga oid tadbirlarda aniqlangan, qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 2 145 ta yozma ko‘rsatma, 89 ta taqdimnoma kiritilgan, 3 yarim mingta holatda maʼmuriy choralar qo‘llanilgan, shuningdek, qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 7 ta holatda hujjatlar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish yo‘nalishida 28 552 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Jumladan, 39 762 dona texnikalarga davlat ro‘yxatiga olinganligi to‘g‘risida texnik pasport va 23 401 dona davlat raqam belgisi hamda 5 743 dona texnik guvohnoma rasmiylashtirib berilgan.

Jami 206 803 dona qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan bo‘lsa, 20 089 dona traktorchi-mashinist guvohnomalari rasmiylashtirib berilgan.

Shuningdek, mazkur sohada 32,8 mlrd. so‘mdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.

Soha raqamlashtirish yo‘nalishida: Inspeksiyaning “Texnikalar hisobi” va “Traktorchi-mashinist” axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmati portali (my.gov.uz)ga integratsiya qilindi.

Natijada, jismoniy va yuridik shaxslarga Inspeksiya tomonidan ko‘rsatiladigan 6 turdagi davlat xizmatlaridan Yagona interaktiv davlat xizmati portali (my.gov.uz) orqali foydalanish imkoniyati yaratildi.

Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni elektron yuritish maqsadida “Texnikalar texnik ko‘rigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi ishlab chiqilib, 2023 yil 1 iyulidan ishga tushirildi.

Inspeksiya tomonidan beriladigan texnik pasport, texnik guvohnoma hamda traktorchi-mashinist guvohnomalari maʼlumotlarini mobil telefon kamerasi yordamida aniqlash imkonini beruvchi QR kodlash tizimi joriy etildi.

2023 yil 1 maydan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarning qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini harakatlanuvchi (maxsus avtotransport) mobil texnik nazorat liniyalaridan foydalangan holda majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish amaliyotini joriy etildi va uni amalga oshirish uchun har bir hududda 2 tadan (jami Respublika bo‘yicha 28 ta) harakatlanuvchi mobil texnik nazorat liniyalari tashkil etildi.

2023 yil 1 avgustdan boshlab qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l- qurilish texnikalarini ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlarida xaridorlarga sotilgan yangi texnikalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan hujjatlar bilan birga O‘zagroinspeksiyada ro‘yxatdan o‘tkazish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan “Hisob-maʼlumotnoma” berish amaliyoti joriy etildi.

 "O‘zagroinspeksiya"ning Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech