Inspeksiyaning Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish yo‘nalishida joriy yilda 2024 yil hosili uchun urug‘lik maqsadlarida ekilgan va dala aprobatsiya ko‘rigidan yaroqli deb topilgan 2 ming 682 gektar maydonda ekilgan urug‘lik kartoshkalarni o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinishi inspektorlar tomonidan nazorat qilib borildi va bir qator ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, Respublikada aprobatsiya natijalariga ko‘ra yaroqli deb topilgan 2 ming 682 gektar urug‘lik kartoshka maydonlaridan o‘rtacha 48 ming 500 tonna nav va avlodiga ega bo‘lgan yuqori avlodli urug‘lik kartoshka jamg‘arish rejalashtirilgan.
Joriy yilning shu kuniga qadar, Samarqand viloyatida aprobatsiya natijasida yaroqli deb topilgan 2 ming 64 gektar urug‘lik kartoshka maydonlarining bugungi kunda 2 ming 64 gektar maydonidan 30 ming 960 tonna urug‘lik kartoshka jamg‘arilgan.
Shuningdek, Toshkent viloyati “Bo‘stonlik kartoshkachilik markazi” MCHJ tomonidan urug‘lik maqsadlarida ekilgan va aprobatsiya natijasida yaroqli deb topilgan 63 gektar urug‘lik kartoshka maydonlarining 463 gektarida qazish ishlari amalga oshirilib, 9 ming 248 tonna kartoshka, Namangan viloyatida 100 gektar urug‘lik kartoshka maydonlaridan 1 ming 850 tonna va Andijon viloyatida 55 gektar urug‘lik kartoshka maydonlarining 55 gektaridan 880 tonna yuqori avlodli urug‘lik kartoshkalar qazib olinib, urug‘liklarni maxsus omborxonalarda saqlash uchun davlat standarti talablarida belgilangan meʼyori bo‘yicha saralash, (kalirovkalash) ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublika bo‘yicha 25 dekabr holatida 2 ming 682 gektar urug‘lik kartoshka maydonlarida qazish ishlari amalga oshirilib, jami 42 ming 938 tonna yuqori avlodli urug‘lik kartoshka jamg‘arilgan, shundan 16 ming 471 tonna R-1 va 26 ming 467 tonna R-2 avlodli urug‘lik kartoshkalarni tashkil etadi.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati