Joriy yilda Navoiy viloyati tumanlarida 2024-yil hosili uchun urug‘lik paxta xom-ashyosi yetishtirib beruvchi xo‘jaliklarning aprobatsiya ko‘rigida yaroqli deb topilgan yer maydonlaridan tumanlarda faoliyat yuritib kelayotgan “Baxt tekstil” , “Navbahor tekstil”, “Tekstil Navoiy Group” va “Xudoyshukur bobo” MCHJlarning paxta qabul qilish maskanlariga hamda Urug‘chilikni rivojlantirish markazi tasarrufida tashkil etilgan 3 ta “Elita urug‘chilik xo‘jaliklari” da jami 4 450 tonna urug‘lik paxta shundan, 2 640 tonna asosiy fondga va 1 810 tonna zaxira fondga qabul qilindi.
Qabul qilingan urug‘lik paxtalar 4 ta ayvon va 29 ta g‘aramlarga belgilangan davlat standart talablari asosida joylashtirilib, tunnel qazish, g‘aramlarni qirqish, tarash va birinchi kategoriyali brezent bilan o‘rash ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda, g‘aramlarda saqlanayotgan urug‘lik paxta xomashyosi standart talablari asosida brezent yoping‘ichlar bilan yopilganligi, tunnel qazilganligi, qirqish va tarash ishlari bajarilganligi bo‘yicha nazorat tadbirlari olib borilib, qonun buzilishi holatlari hamda ularni keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan barcha paxta to‘qimachilik klaster korxonalari rahbarlariga rasman ogohlantirish xatlari va yozma ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, urug‘lik paxtalarni davlat standartlari talablari asosida saqlanishi bo‘yicha paxta to‘qimachilik klaster korxonalarida o‘rganishlar olib borilib, natijada, “Tekstil Navoiy Group” MCHJning urug‘lik paxta saqlash qoidalarini buzib kelgan masʼul xodimiga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib tuman sudiga yuborilishi taʼminlandi.
Xususan, “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi bilan birgalikda urug‘lik qabul qiluvchi paxta to‘qimachilik klasterlari, kooperatsiyalar va elita urug‘chilik xo‘jaliklari o‘rtasida 2023-yil hosilidan jamg‘arilgan urug‘lik paxta xom-ashyosi g‘aramlarining dastlabki sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash bo‘yicha sinovlar o‘tkazish yuzasidan shartnomalar tuzilib, ushbu tadbirlar davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalish bo‘yicha Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘lim mutaxassislari tomonidan urug‘lik paxtalarni sifatli saqlanishi, dastlabki qayta ishlanishi oldidan ko‘riladigan tayyorgarliklar ham nazoratga olingan bo‘lib, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan batafsil maʼlumot berib boriladi.
A.Mirzoyev, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi sho‘ba