Ру Ўз O`z En

AGROINSPEKSIYA HUZURIDAGI MARKAZDA DON URUG‘LARI NAVDORLIGINI BAHOLASH YUZASIDAN SEMINAR TASHKIL ETILDI

22 May 2024 1027

Urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinlarni tuproqqa ekib baholash, urug‘liklarni maxsus uchastkalarda ekish va kelgusida ularning genetik (nav) sifatini tekshirish orqali urug‘liklarning muayyan turga, navga mansubligini hamda nav jihatdan sofligini belgilaydi.

"Urug‘chilik to‘g‘risida" gi Qonunining 20-moddasiga asosan, urug‘lik ekinlarni tuproqqa ekib baholash "O‘zagroinspeksiya" tomonidan o‘tkaziladi.

Shuningdek, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining asosiy vazifalaridan etib, qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarining genetik sofligi va urug‘lari sifati sohasidagi davlat siyosatining ijro qilinishi, akkreditatsiya sohasiga muvofiq urug‘larni sertifikatlash, urug‘ hamda ko‘chat materiallarining sifatini aniqlash va nazorat qilish bo‘yicha ishlarning amalga oshirilishi belgilangan.

Joriy yil, 22 may kuni "O‘zagroinspeksiya" huzuridagi "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi"ning Toshkent viloyati Qibray tamanida joylashgan urug‘chilik yo‘nalishidagi dala tajriba maydonida boshoqli don ekinlarining NAVDORLIGINI baholash yuzasidan seminar tashkil etildi.

Markazda bunday sinovlar respublikada davlat ehtiyoji uchun yetishtiriladigan boshoqli don urug‘lari nav namunalarining genetik (nav) sifati (navdorligi)ni baholash bo‘yicha doimiy o‘tkazilib boriladi.

Nav nazorati ilmiy-tadqiqot institutlari, urug‘lik yetishtiruvchi xo‘jaliklar va xorijda yetishtirilib (import qilingan) Respublika hududida ekish uchun tavsiya etilgan, Davlat reyestriga kiritilgan qishloq xo‘jalik ekinlari va istiqbolli boshoqli don ekinlari navlarining dorilanib tayyorlangan urug‘lik to‘dalaridan tanlab olinib, nav namunalarini ekib o‘rganish yo‘li bilan amalga oshirilmoqda.

Qonun hamda qarorda belgilangan vazifalar, Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi qoshidagi “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshiriladi.

Navlarning genetik (nav) sifati (navdorligi) ko‘rsatkichlarini aniqlash malakali mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat standarti va Hukumatning tegishli qaror talablari asosida olib boriladi.

Hozirgi kunda, Markazning 5 gektarlik dala tajriba maydonida “O‘zdonmahsulotAK tizimidagi don korxonalari, elita urug‘chilik xo‘jaliklari hamda ilmiy-tadqiqot institutlarida ekish uchun tayyorlangan urug‘lik bug‘doylarning 55 ta navlari bo‘yicha 3 ta avlodidan jami 270 ta nav namunalari, yaʼni ko‘paytirish ko‘chatzori avlodidan 42 ta, original (superelita) avlodidan 120 ta va elita avlodidan 108 ta nav namunalari ekilib parvarish qilinmoqda.

Bunday nav sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, qonun, hukumat qarorlari va qonunosti normativ hujjatlar ijrosi taʼminlash bo‘lsa, ikkinchidan, respublikada davlat ehtiyojlari uchun yetishtiriladigan urug‘liklarning genetik (nav) sifatini taʼminlash, nav aralashmalari yuqori bo‘lgan maydonlaridan urug‘lik don olinishini oldini olish, navdorlikning buzilib ketishi, yaʼni nav aralashishini oldini olish, don sifatini yaxshilab borish hamda urug‘lik don yetishtiruvchi subyektlarga navdorlik sifat ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan urug‘liklar yetkazib berishdan iboratdir.

O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

Text to speech