Ру Ўз O`z En

TAHLIL: korrupsiyaviy holatlar yuzasidan murojaatlar mavjud emas

7 Iyul 2023 2073

O‘zagroinspeksiyada korrupsiyaviy holatlarni barvaqt aniqlash va ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaviy xatti-harakatlar sodir etilishining oldini olish, Inspeksiya tizimi xodimlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida hamda ularning huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korrupsiyaga qarshi profilaktik chora-tadbirlarni tashkil etish, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi hujjatlar ijrosini taʼminlash borasida 2023- yilning o‘tgan davrida muayyan ishlar amalga oshirildi.

Xususan, “O‘zagroinspeksiyaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki lokal hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Hisobot davrida xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida “O‘zagroinspeksiyaning Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan suv resurslaridan foydalanish va agrotexnik tadbirlar o‘tkazishni nazorat qilish boshqarmasi, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi va ularning hududiy bo‘linmalari xodimlari bilan “Qonunchilik hujjatlariga rioya qilish va korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik”, “Korrupsiyaga qarshi kurashishning Konstitutsiyaviy asoslari va yo‘nalishlari” mavzularida profilaktik tadbir va o‘quv-vebinarlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ishtirokida  “O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalarida tashkil etilib, materiallar rasmiy veb-saytga joylashtirildi.

Shuningdek, davlat xaridlarini amalga oshirishda manfaatlar to‘qnashuvini tahlil qilish va “O‘zagroinspeksiya” bilan shartnomaviy munosabatlarga kirishgan yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha “O‘zagroinspeksiya” boshlig‘ining 2023-yil 1-martdagi 4-b-son buyrug‘iga asosan “O‘zagroinspeksiyaning rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari va ulardan foydalanishning ahvoli o‘rganilib, aniqlangan kamchilik va muammoli masalalarni hal etishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Bundan tashqari, korrupsiyaga oid murojaatlar bo‘yicha o‘tgan hisobot oyi tahlil qilinganida “O‘zagroinspeksiyaning” aloqa kanallari (Ishonch telefoni, pochta, telegram-kanal) orqali  biror marta murojaat kelib tushmagani aniqlandi.

Xuddi shuningdek, Agroinspeksiyada korrupsiyaga oid murojaatlarni qabul qilish bo‘yicha telegram bott (https://t.me/uzagroinbot) kanallari doimiy ravishda ishlab turishi taʼminlanmoqda.

Hisobot davrida “O‘zagroinspeksiyaga yuklatilgan funksiya bo‘yicha korrupsiyaviy xavflarni aniqlash va baholash jarayonlari o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 14-iyundagi PF-154-son farmonining 9.2-bandiga asosan “O‘zagroinspeksiyaning rasmiy veb-saytida Inspeksiyaning ish rejalari to‘g‘risidagi maʼlumotlar eʼlon qilib kelinmoqda.

O‘zagroinspeksiya” tomonidan ko‘rsatilayotgan 24 turdagi davlat xizmatlari sohasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish maqsadida qonunchilik hujjatlari xatlovdan o‘tkazilib, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqildi, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilib, natijada, loyiha bo‘yicha  2023- yil 29-aprelda Hukumatning 170-sonli Qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari sohasida 8 turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatishning maʼmuriy reglamentlari tasdiqlandi.

Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan, Hisob palatasi va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘rtasidagi qo‘shma Farmoyishiga asosan “O‘zagroinspeksiyada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat tizimining joriy qilinganligi o‘rganib chiqilib, natijasiga ko‘ra bir necha tavsiyalar berib o‘tildi.

Ayni vaqtda “O‘zagroinspeksiyada mazkur tavsiyalarga asosan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat yo‘nalishida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

 

Text to speech