Ayni kunlarda Andijon viloyatining paxta dalalarida ham g‘o‘za parvarishi bilan bog‘liq muhim agrotexnik tadbirlar olib borilmoqda. Iyun-iyul oylari esa g‘o‘za parvarishida dolzarb palla hisoblanadi.
Agrotexnik tadbirlarning kechiktirmasdan, sifatli qilib o‘tkazilishi Agroinspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan monitoring qilib borilmoqda.
Viloyatida 2024-yil hosili uchun 71 ming 331 gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinayotgan bo‘lib, bugungi kunda g‘o‘za maydonlarida 7,7-marta kultivatsiya, g‘o‘zani bargidan oziqlantirish ishlari 5,4 marta, mineral o‘g‘itlar bilan 3-oziqlantirish 1 ming 911 gektar, 1-sug‘orish ishlari 58 ming 383 gektar maydonda amalga oshirildi.
Shuningdek, g‘o‘za maydonlarining 12 ming 482 gektari yoki 17 foizi gullash, 40 ming 683 gektari yoki 57 foizi 1-2 ko‘sak va 18 ming 166 gektari yoki 25 foizi 3-4 ko‘sakda rivojlanish fazasida rivojlanmoqda.
Bundan tashqari, paxtadan yuqori hosil olish va yuqori daromadni ko‘zlagan fermer xo‘jaliklari, bugungi kunda azotli o‘g‘itlarning o‘rtacha yillik meʼyorining asosiy qismi bilan g‘o‘zani oziqlantirayotganligi yaxshi natija bermoqda.
Ayni paytda, hududlarda g‘o‘za maydonlarini azotli mineral o‘g‘itlar bilan ikkinchi oziqlantirilish ishlari yakunlanmoqda.
Inspeksiyaning Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan mavsumda o‘tkazilgan monitoring tadbirlari davomida g‘o‘za maydonlarida bir qator kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilayotganligi aniqlandi.
Mazkur yo‘nalishda hududlarda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan , boshqarmaning hududiy bo‘limlari tomonidan klaster va fermer xo‘jaliklari rahbarlariga 684 ta ogohlantirish va 3 ta taqdimnoma kiritildi.
Xususan, kundan kun bo‘y cho‘zib, rivojlanib borayotgan g‘o‘za maydonlarida barcha agrotexnik tadbirlarni kechiktirmasdan o‘tkazish va aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, fermer xo‘jaliklari rahbarlariga 684 ta ogohlantirish xatlari va taqdimnomalar kiritildi.
Zero, hosilning mo‘l bo‘lishi bugungi sayi-harakatlarga bog‘liq.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati.