Ру Ўз O`z En

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanish bo‘yicha murojaatlar o‘rganilmoqda

20 Fevral 2024 1722

O‘zagroinspeksiyaning Navoiy viloyat boshqarmasi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish sho‘basi tomonidan nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Jumladan, Navbahor tuman hokimining 2019-yil 19-fevraldagi q-779-sonli qaroriga asosan, “QorajonMFY hududi “Kesganterak” massivi qishloq xo‘jaligi yerdan foydalanish xaritasi 364q - konturdan jami 5 gektar sug‘oriladigan ekin yeri 49 yil muddatga urug‘chilik yo‘nalishida “Sara urug‘-2020” fermer xo‘jaligiga ijaraga ajratib berilgan.

“Sara urug‘-2020” fermer xo‘jaligi fuqaro Usmonov Farxod boshchiligida tashkil etilgan bo‘lib, fermer xo‘jaligining asosiy yo‘nalishi urug‘chilik bo‘lsada, 2020-2021-yillar davomida to‘liq beda ekib, urug‘larni o‘zini yashash xonadonidagi omborda saqlab, so‘ngra sotganligi, 2022-2023-yillarda esa g‘alla ekib, ekilgan g‘alladan don topshirish bo‘yicha shartnoma tuzmasdan, urug‘chilik yetishtirish uchun g‘alla maydonini davriy aprobatsiyadan o‘tkazmasdan, ekinlarni urug‘ini ekish bo‘yicha yig‘ishtirib olish va topshirish uchun muvofiqlik sertifikati olmasdan, urug‘lik g‘alla bo‘yicha tuman ishchi guruh tomonidan aprobatsiya o‘tkazilganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzmasdan, g‘allani bozorga sotganligi aniqlandi.

Shuningdek, 2024-yil hosili uchun Fermer xo‘jaligi tomonidan 2.43 gektar yer maydoniga g‘alla, qolgan 2.57 gektar yerga beda o‘simligini ekkanligi hamda dala chetidagi ariqlar qazilmaganligi maʼlum bo‘ldi.

“Sara urug‘-2020” fermer xo‘jaligi raisi F.Usmonov tushuntirish xatida 2022-2023-yillarda 5 gektar maydonga g‘alla ekib, ekilgan g‘alladan don topshirish bo‘yicha hech qaysi korxona yokin klasterlar bilan shartnoma tuzmasdan o‘z shaxsiy manfaati yo‘lida foydalanib kelayotganligini bildirgan. Bundan tashqari   “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonunning 8-moddasidagi urug‘chilik subyektlarining majburiyatlariga hamda Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi 601-sonli qarori Nizomining 1-3-ilovalarini qo‘pol ravishda buzib, qonun va qarorlarga zid ravishda yerdan foydalanib kelayotganligi maʼlum bo‘ldi.

Yuqoridagilarga asosan, “Sara urug‘-2020” fermer xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”ning 36-. 40-. 85- moddalarida nazarda tutilgan yer to‘g‘risidagi qonunbuzarlik holatlari aniqlanganligi sababli yer uchastkasiga egalik qilish huquqini tugatish bo‘yicha Navbahor tuman hokimligi tomonidan Sudga daʼvo arizasi kiritish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.    

Z.Xo‘jaqulov, Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi bosh mutaxassisi

Text to speech