Joriy yil hosilidan urug‘lik don yetishtiruvchi 2 956 nafar urug‘chilik xo‘jaliklarining 85,8 ming gektar urug‘lik g‘alla maydonlarida fevral-may oylarida 4 marotaba monitoring kuzatuv ishlari o‘tkazildi. Monitoring natijasida 62 nafar xo‘jaliklarning 3,1 ming gektar urug‘lik maydonlari urug‘lik talabiga javob bermaganligi sababli urug‘lik hisobidan chiqarildi.
Qolgan 2 894 nafar urug‘chilik xo‘jaliklarining 82,7 ming gektar maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazish rejalashtirildi va grafiklar ishlab chiqildi.
Ushbu maydonlarda aprobatsiya ko‘rigini o‘tkazish uchun 122 ta tumanda tuzilgan aprobatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muntazam nazorat qilib borilmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar 2 837 nafar xo‘jaliklarning 81 ming 138 gektar yoki 98 foiz urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 65 ming 673 gektar yoki 79 foiz maydon yaroqli hamda 15 ming 466 gektar yoki 19 foiz maydonlar turli sabablarga ko‘ra yaroqsiz deb topilgan.
"O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati