Qashqadaryo viloyatida 2025 yil paxta hosili uchun 126 ming gektar maydonga chigit ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, ekish ishlariga 1 ming 378 dona chigit ekish seyalkalari jalb qilingan va shundan 254 donasi yuqori unumli seyalkalardir.
«O‘zagroinspeksiya»ning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan hududlarda chigit ekish ishlari doimiy nazoratga olib borilmoqda.
Jumladan, hududlarda chigit ekish ishlarida ishtirok etadigan qishloq xo‘jalik texnikalariga yonilg‘i moylash materiallarining tizimli asosda yetkazib berilishi va dalalarda mexanizator hamda muhandis texnik xodimlar uchun yetarli sharoitlar yaratilishi, shuningdek ko‘chma texnik xizmat ko‘rsatish guruhlari tomonidan sifatli servis xizmati ko‘rsatilishi «O‘zagroinspeksiya»ning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlari tomonidan nazoratga olinishi natijasida 1ming 378 dona chigit ekish seyalkalarini to‘xtovsiz ishlashi taʼminlanmoqda.