Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.
Loyiha respublikada qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishda byurokratizm, sansalorlik va boshqa maʼmuriy to‘siqlarni bartaraf etish, eskirgan va zamon talablariga mos kelmaydigan tartib-taomillarni tubdan qisqartirish, aholi va tadbirkorlik subyektlaridan tegishli maʼlumotnoma yoki hujjatlarni talab qilis
Ishlab chiqaruvchi yoki maxsus savdo tashkilotlari (texnika ishlab chiqaruvchi korxona, uning vakili yoki vositachi tashkiloti) tomonidan beriladigan maxsus blankdagi “Hisob-maʼlumotnoma” asosida davlat ro‘yxatiga olish, maʼlumotlarni va xizmat ko‘rsatishga oid ayrim hujjatlarni jismoniy va yuridik shaxslardan emas, balki manfaatdor idoralar tegishli dasturlaridan integratsiya yo‘li bilan olish yo‘lga qo‘yilmoqda.
Inspeksiya jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarini qulay va oson shakllarda ko‘rsatish ko‘lamini yana-da oshirish va fuqarolar idorama-idora sarson bo‘lib yurishi oldini olish maqsadida, davlat xizmatlarini ko‘rsatish maʼmuriy reglamentlari alohida-alohida tasdiqlanmoqda.
Jismoniy va yuridik shaxslarning masofadan turib elektron davlat xizmatlaridan mustaqil foydalanish imkoniyatini kengaytirish maqsadida, xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish va texnikalar hisobini elektron tarzda yuritish tizimlari joriy etilmoqda.
Texnikalarni davlat ro‘yxatiga olish va texnik ko‘rikdan o‘tkazishning muddatlari qisqartirilmoqda. To‘lovlarni barcha mavjud to‘lov tizimlari hamda yagona billing tizimi orqali to‘lash imkoniyati yaratilmoqda.
2023 yil 1 sentyabridan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan 100 ot kuchigacha quvvatga ega qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish huquqi tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga berilmoqda, talonlarni berish amaliyotidan voz kechilmoqda.
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan foydalanish sohasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi yana-da takomillashtirilmoqda.
Qaror loyihasi qabul qilinishi yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtini tejash, ularga qulaylik yaratish, murojaat qilish bo‘yicha Davlat xizmatlari markazlari, onlayn tarzda YAIDXP orqali foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Texnikalar hisobi elektron shaklda yuritiladi va elektron baza yaratiladi. Ayrim hujjatlar jismoniy va yuridik shaxslardan olinmasdan, manfaatdor idoralar tegishli dasturlaridan integratsiya yo‘li bilan olinib, davlat xizmatlari ko‘rsatiladi.
Texnikalarni davlat ro‘yxatiga olish va texnik ko‘rikdan o‘tkazishning muddatlari 3 ish kunidan 2 ish kuniga qisqaradi, to‘lovlarni barcha mavjud to‘lov tizimlari orqali to‘lash imkoniyati yaratiladi.