Ру Ўз O`z En

Bulungʼurda 95 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi

21 Yanvar 2021 1989

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi tomonidan agrar tarmoqda qonunchilik ijrosi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Oʼtkazilayotgan nazorat tadbirlari davomida qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yer va suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, qishloq xoʼjaligi hamda oziq ovqat mahsulotlari yetishtirishda mavjud agrotexnik tadbirlarning oʼz vaqtida va sifatli oʼtkazilishi singari dolzarb masalalar doimiy nazoratga olingan.

Shu maqsadda, “Oʼzagroinspektsiya”ning Bulungʼur tuman boʼlimi tomonidan 2020 yilda 303 ta nazorat tadbirlari oʼtkazildi, natijada 95 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi.

Hususan, yer qonunchiligi ijrosi yuzasidan 13 ta holatda, suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish yuzasidan 26 ta, qonunbuzilish holatlari aniqlanib, 8 mln 28 ming soʼmlik maʼmuriy jarima qoʼllanildi.

Shuningdek, oʼtkazilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan holatlar boʼyicha jami 17 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Sohalar boʼyicha aniqlangan qonun buzilish holatlari boʼyicha 86 ta maʼmuriy huquqbuzarlik boʼyicha qarorlar qabul qilinib, 24 mln 307 ming soʼm jarima qoʼllanilib, 22 mln 100 ming soʼm mablagʼ undirildi.

Bulungʼur tuman hokimligiga qabul qilingan qarorlar boʼyicha 1 ta holatda yerga yetkaziladigan zarar undirilmaganligi hamda 4 ta holatda fermer hoʼjaliklariga qishloq xoʼjaligi mahsulotlari yetishtirish uchun ijaraga berilgan yer maydonlarini oʼzboshimchalik bilan egallash holatlari boʼyicha taqdimnomalar kiritildi.

Faoliyat yurituvchi 166 ta fermer xoʼjaliklari va 16 ta tashkilotlarga jami 182 ta, jumladan don urugʼlarini yetishtirish boʼyicha 63 ta, qayta ishlash sohasida 22 ta, agrotexnika tadbirlari yuzasidan 69 ta, chorvachilik yoʼnalishida 9 ta, suv nazorati boʼyicha 14 ta, yerlardan foydalanish boʼyicha 3 ta va boshqa sohalarda 2 ta ogohlantiruvlar berildi.

“Oʼzagroinspektsiya”ning tuman boʼlimi tomonidan mazkur qonunbuzilish holatlarining oldini olish hamda yuqoridagi singari salьbiy hodisalar takrorlanmasligi yuzasidan doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari oʼtkazilmoqda.

Аsosiy maqsadimiz, agrosanoat tizimida qonunchilik ijrosini oʼz vaqtida va sifatli taʼminlashga erishish, qishloq xoʼjaligi korxonalarining huquq va manfaatlarini himoya qilishdan iborat.

L. Babaqulov,“Oʼzagroinspektsiya” Bulungʼur tumani boʼlimi boshligʼi oʼrinbosari

Text to speech