Ру Ўз O`z En

Buxorodagi Don qabul qilish maskanlari mavsumga shaymi?

8 Iyun 2020 2716

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “G‘alla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 6 martdagi PQ-4634-son qaroriga muvofiq, “O‘zagroinspeksiya”ning Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan nazorat tadbirlari olib borildi.

Agroinspeksiya xodimlari asosiy e’tiborni ichki bozorda don va non mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlash, g‘alla yetishtiruvchi xo‘jaliklar va korxonalardan sotib olinadigan donni saqlash omborlaridagi sig‘imi, uning holati, hosilni qabul qilishga tayyorgarligi, korxonalarni yalpi dezinfeksiyalash, saqlash sharoitlari, sinov laboratoriyalari ahvoli, laborantlar malakasi, fermerlar uchun davlat resursiga don topshirish bo‘yicha yaratilgan shart-sharoitlar, namunaviy bannerlarning mavjudligi, namligi yuqori bo‘lgan g‘allani quritish uchun mo‘ljallangan maydonlarning talab darajasida ekanligiga qaratishdi.

 

Nazorat tadbirlari davomida, viloyatdagi mavjud 3 ta don korxonalari va 20 ta don qabul qilish maskanlaridagi 195 ming tonna donni belgilangan standart talablariga asosan saqlash imkoniyatiga ega bo‘lgan maxsus yopiq sig‘imlar, shundan, 10 ming tonna elevator sig‘imlari, 32 ming tonna yopiq ayvon hamda 153 ming tonna mexanizatsiyalashgan omborlar qayta ta’mirlanib, mavsumga shay holatda ekanligi ko‘zdan kechirildi.

Joriy yilda viloyat mirishkorlarining 60 ming 600 gektar g‘alla maydonlarida davlat resurslariga topshiriladigan 183 ming tonna g‘alla hosilini yetishtirish maqsad qilib olingan.

Yetishtirilgan g‘allani nest-nobud qilmay o‘rib yig‘ib olish, mavsumni qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan sifatli o‘tkazish uchun viloyatda jami 191 ta kombaynlar to‘liq qayta ta’mirdan chiqarilib, mavsumga shay holatga keltirilgan.

 

Agroinspeksiya xodimlari tomonidan olib borilgan nazorat tadbirlari va berilgan amaliy yordam natijasida, viloyatdagi 20 ta don qabul qilish maskanlari g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumida belgilangan standart talablari darajasida faoliyat yuritishi, shuningdek, sinov natijalarining haqqoniyligini ta’minlashda 22 ta sinov laboratoriyalaridagi  231 tadan ziyod sinov uskunalari va o‘lchash vositalari joriy yilning aprel oyida davlat qiyoslov ko‘rigidan to‘liq o‘tkazilib, qiyoslash sertifikatlari topshirildi.

 

“O‘zagroinspeksiya” Buxoro viloyat  boshqarmasi

Text to speech