Ру Ўз O`z En

Xatirchi tumanida yer bilan bog‘liq qonunbuzarlik holatlari aniqlandi 

29 Sentyabr 2023 2506

O‘zagroinspeksiyaning Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi tomonidan  Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘rganishlar o‘tkazildi va keltirilgan zararlar quyidagicha hisoblandi. 

Xatirchi davlat o‘rmon xo‘jaligida o‘zboshimchalik bilan tegishli ruxsat olinmasdan 17,3 gektar maydonga baliqxona qurilgan bo‘lib, shundan 7 ta sug‘oriladigan ekin yerining 10,3 gektari yaylov yerlarini tashkil etadi.

Sug‘oriladigan ekin yer maydoni 39 ball bonitet bo‘lib, qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan va yetkazilgan zarar miqdori 690 million 881 ming 476  so‘m hisoblangan.

 Shuningdek, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida 36 ta yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sug‘oriladigan ekin yerlarini hisobotdan yashirib, noqonuniy ravishda foydalanayotganligi shuningdek, davlat byudjetiga soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lamasdan faoliyat yuritayotganligi yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazildi

 Jumladan, tumanda faoliyat ko‘rsatayotgan fermer xo‘jaligida tuman hokimi qaroriga asosan, ajratilgan yerga nisbatan 17 gektar ortiqcha yerdan foydalanilganligi, tuman hokimiyati zaxirasida bo‘lgan 61.6 gektar ekin yeri tuman hokimining qarorisiz “Auksion” ochiq platformasiga qo‘yilmasdan foydalanayotganligi, “Istiqlol zar dalasi” fermer xo‘jaligi 53,4 gektar, “Xatirchi investMCHJ 33 gektar yerni Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-noyabrdagi 704-sonli qaroriga zid ravishda ikkilamchi ijaraga olinganligi va tumandagi mavjud issiqxona uchun ajratilgan yer maydonlarini belgilangandan boshqa maqsadda samarasiz foydalanib kelayotganligi va yana boshqa qonunbuzarlik holatlari aniqlanib viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlarga hujjatlar taqdim etildi.

        

U.Tursunov, Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi sho‘ba boshlig‘i 

Text to speech