Ру Ўз O`z En

Urug‘lik kartoshkalarga muvofiqlik sertifikatlari berilmoqda

27 Iyun 2024 1328

Respublikada joriy yil ertangi va g‘alladan bo‘shagan jami 47 ming 223 gektar maydonlarda kartoshka ekish rejalashtirilgan bo‘lib, ushbu maydonlar uchun 132 ming 281 tonna urug‘lik kartoshka talab etiladi.

Bugungi kun holatida Respublikamiz hududiga importyor korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan jami 678 tonna yuqori avlodli urug‘lik kartoshkalar hamda Respublikamiz hududlarida 2023-yil hosilidan 2024-yil hosili uchun urug‘lik maqsadlarida ekilib, jamg‘arilgan 6 ming 224 tonna  mahalliy urug‘liklardan muvofiqlik sertifikati olish uchun "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi Markazga onlayn arizalar kelib tushgan va tegishli tartibda urug‘liklardan namunalar olinib, laboratoriya tahlillari o‘tkazilishi taʼminlandi.

Laboratoriya tahlillariga ko‘ra, 6 ming 473 tonnasiga yaroqliligi bo‘yicha muvofiqlik sertifikati berilgan bo‘lsa, 429 tonnasi ekish uchun yaroqsiz ekanligi aniqlanib,  "O‘zagroinspeksiya" qoshidagi Markaz tomonidan tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilib, tadbirkorlik subyektiga yetkazilishi taʼminlandi.

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan mavsum davomida kartoshka ekiladigan xo‘jalik subyektlarining maydonlarida sifatli sertifikatlangan urug‘lik kartoshkalarning ekilishi, urug‘liklarni o‘z muddatida kechiktirmasdan muvofiqlik sertifikati berilishi va fermer, klaster va boshqa korxonalarga yetkazib berilishi nazorat qilib boriladi.

 Z.Ismatov, “O‘zagroinspeksiya” bosh mutaxassisi

Text to speech