Chorvachilik tarmogʼini jadal rivojlantirish xalqimizni arzon va sifatli goʼsht hamda boshqa oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash, ayniqsa, qishloq joylarida istiqomat qilayotgan fuqarolarning bandligini oshirish va daromadlarini koʼpaytirishda muhim oʼrin tutadi.
Inspektsiyaning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish sohasida tumanlarda amalga oshirilgan ishlarni oʼrganish natijalari boʼyicha, aniqlangan kamchiliklarni joylarda bartaraf etish choralari hamda chorvachilik sohasida belgilangan vazifalar hamda topshiriqlar ijrosi yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 12 maydagi “Chorvachilik tarmogʼiga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisida”gi 280-sonli qarori ijrosini taʼminlash boʼyicha viloyatda chorvachilik tarmogʼini yanada rivojlantirish va faoliyatini samarali tashkil etish uchun viloyat komissiyasining tarkibi va tuman (shahar) komissiyalarining namunaviy tarkibi tasdiqlandi.
Bugungi kunda, viloyat boʼyicha fermer xoʼjaliklari va boshqa xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan chet davlatlardan keltirilgan mahsuldorligi yuqori boʼlgan jami 4 ming 160 bosh naslli qoramollar belgilangan talablar asosida parvarish qilinmoqda.
Tashkil qilingan komissiyaning taklifiga koʼra, viloyat boʼyicha 41 ta qoramolchilik subʼektiga 2 ming bosh chetdan keltirilgan naslli qoramollar uchun 4 mlrd. soʼm, 13 ta qoʼy - echkichilik subʼektlariga 2 ming bosh naslli qoʼy va echkilar uchun 800 mln. soʼm, 12 ta parrandachilik subʼektlariga 278 ming bosh chetdan keltirilgan bir kunlik joʼjalar uchun 2 mlrd. 506 mln. soʼm, 13 ta baliqchilik xoʼjaliklariga yetishtirilgan 10 ming 339 tonna baliqlar uchun 10 mlrd. 339 mln. soʼm miqdorida subsidiya ajratilishi prognozi ishlab chiqilgan.
Viloyatda chorvachilikni rivojlantirish va ular faoliyatini samarali tashkil etishni taʼminlash komissiyasi tomonidan bugungi kunga qadar 11 ta qoramolchilik subʼektlariga chetdan keltirilgan 1 ming 133 bosh naslli qoramollar uchun 2 mlrd. 266 mln. soʼm, 5 ta parrandachilik xoʼjaliklariga
210 ming 235 bosh chetdan keltirilgan bir kunlik joʼjalar uchun 1 mlrd. 892 mln. soʼm miqdorida subsidiya ajratish boʼyicha toʼplangan hujjatlar belgilangan tartibda Respublika komissiyasiga taqdim qilingan.
Shuningdek, chetdan keltirilgan naslli qoramollarni roʼyxatga olish va belgilangan tartibda parvarishlash hamda koʼpaytirish borasida fermer xoʼjaliklari va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarga amaliy yordam berish orqali doimiy oʼrganish ishlari olib borilmoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi “Chorvachilik tarmogʼini davlat tomonidan qoʼllab-quvvatlashning qoʼshimcha chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PQ-4576-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida viloyatda ozuqabop ekinlar, beda ekilishini taʼminlash yuzasidan paxta-gʼallachilik klasterlari va paxtachilik-gʼallachilik yoʼnalishidagi fermer xoʼjaliklari ekin maydonining 10 foiziga beda ekilishi boʼyicha joriy yilda viloyat boʼyicha 2 ming 988 nafar paxta-gʼallachilik yoʼnalishidagi fermer xoʼjaliklari va klaster korxonalardagi 292,8 ming gektar yer maydonining 10 foiziga, yaʼni 2 ming 748 gektar maydonga beda ekini ekilgan.
Dasturga asosan, viloyatda Chorvachilikka ixtisoslashgan xoʼjaliklarda ozuqabop ekinlarni joylashtirilishi boʼyicha tumanlarda jami ajratilgan 130,5 ming gektar yer maydonining 34,2 ming gektariga ozuqabop ekinlarni ekish uchun rejalashtirilgan. Shundan, beda maydonlari 17 ming 83 gektarni, yangi beda 4,1 ming gektarni, eski beda 12,9 ming gektarni, makkajoʼxori silos uchun 15,6 ming gektar hamda xashaki lavlagi 1,4 ming gektar yerlarni tashkil qiladi.
Bundan tashqari, viloyat boʼyicha takroriy ekin yer maydonlariga makkajoʼxori ekish uchun 28 ming gektar hamda 9,2 ming gektar oraliq ekinlar ekish rejalashtirilgan.
Аsosiy maydonlarda rejadagi 21,3 ming gektar yer maydonlarga toʼliq ozuqabop ekinlar ekilgan. Jumladan, rejadagi 4,1 ming gektar yangi beda, makkajoʼxori silosi uchun 15,2 ming gektar va 1,4 ming gektar maydonlarga xashaki lavlagi ekilgan. Shuningdek, takroriy maydonga 28 ming gektar makkajoʼxori silosi va 9,2 ming gektar maydonga oraliq ekinlar ekilgan.
Barcha toifa xoʼjaliklarda viloyat boʼyicha 883 ming bosh qoramol, shu jumladan 370 ming bosh sigir, 945 ming bosh kuy va echkilar, 51 ming bosh yilqi, 15 mln parranda parvarish qilinmoqda.
Viloyat boʼyicha qoramolchilik subʼektlari 633 tani tashkil etib, ularda mavjud qoramollar 110 ming bosh, shundan sigirlar 34 ming 842 boshni tashkil etadi.
Mazkur qoramolchilik subʼektlarining 138 ta yoki 22 foizini naslchilik xoʼjaliklari tashkil etadi.
Shuningdek, qoʼy va echkichilik yoʼnalishida 279 ta, yilqichilikda 14 ta, parrandachilik yoʼnalishi bilan 103 ta, baliqchilik yoʼnalishi bilan 457 ta va quyonchilik yoʼnalishi bilan 3 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyat yuritib kelmoqda.
Joriy yilda viloyatning Ohangaron tumanida “Shoxrux” fermer xoʼjaligi tomonidan 1 ming 20 bosh va “Boʼron” fermer xujaligiga 650 bosh naslli qoʼylar olib kelinib, parvarishlanmoqda.
Bundan tashqari, 2020 yilda baliqchilik loyihalari boʼyicha Bekobod, Zangiota,Oʼrtachirchiq, Quyichirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida 7 ta xoʼjalik shakllantirish rejalashtirilgan boʼlib, loyihalarga jami 134 mlrd. 575 mln. soʼm pul mablagʼlari ajratilib, rejalashtirilgan 37 gektar sunʼiy suv havzaning 16 gektari ishga tushirilgan va 35 nafar yangi ishchi oʼrinlari yaratilgan.
Viloyatning Oʼrtachirchiq va Quyichirchiq tumanlarida quyonchilik loyihalari boʼyicha chet davlatlardan 14,0 ming bosh naslli quyonlar olib kelib, quyon sonlarini koʼpaytirish borasida ishlar olib borilmoqda.
Joriy yilda chorvachilik yoʼnalishida viloyat boʼyicha jami 1 ming 26 ta nazorat tadbirlar oʼtkazilib, shundan 28 tasida qonunbuzilish holatlari aniqlangan.
Аniqlangan qonunbuzilishlar yuzasidan 23 ta holatda taqdimnoma, 10 ta yozma koʼrsatma va 3 ta maʼmuriy hujjatlar rasmiylashtirilib, 1 mln. 561 ming. soʼmlik jarima undirilishi taьminlangan, chorvachilik subʼektlari va sohaga aloqador tashkilot va korxonalarga esa 966 ta holatda ogohlantirishlar berilgan.
M.Kuchchiev, Boshqarma boshligʼining birinchi oʼrinbosari.