Ру Ўз O`z En

Chorvachilik yo‘nalishida joriy yilda qiymati 3 trln. 713 mlrd. 700 mln. so‘mlik jami 1 ming 14 ta  loyihalarini amalga oshirish belgilangan

27 May 2021 2028

Mamlakatimizda keyingi yillarda Prezidentimiz va Hukumatimiz tomonidan chorvachilikka juda katta eʼtibor qaratilib, bu borada qator qarorlar qabul qilindi hamda chora-tadbirlar belgilab berildi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining joriy yil 11 martda 289-sonli yig‘ilish bayoni bilan “Respublikada 2021 yilda chorvachilik tarmoqlarini rivojlantirish, naslchilik ishlari hamda veterinariya xizmatlari ko‘rsatishni yana-da takomillashtirish, ozuqa bazasini mustahkamlash, chorva mollari mahsuldorligini oshirish va chorvachilik mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarishni ko‘paytirish to‘g‘risida”gi Dasturi tasdiqlangan.

Jumladan, ushbu dasturga muvofiq, Respublikada joriy yilda qiymati 3 trln. 713 mlrd. 700 mln. so‘mlik jami 1 ming 14 ta chorvachilik loyihalarini amalga oshirish belgilangan.

Shundan:3 trln. 471 mlrd. 710 mln. so‘mlik yoki 775 tasini qoramolchilik loyihalari quvvati 79 ming 830 boshni;

205 mlrd. 960 mln. so‘mlik yoki 208 tasini qo‘y-echkichilik loyihalari quvvati 81 ming boshni;

17 mlrd. 340 mln. so‘mlik yoki 16 tasini yilqichilik loyihalari quvvati 860 boshni;

18 mlrd. 690 mln. so‘mlik yoki 15 tasini tuyachilik loyihalari quvvati 810 boshni tashkil etadi.

Mazkur loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 8 ming 941 tonna sut va 488 ming 259 tonna go‘sht (tirik vaznda) yetishtirilishi taʼminlanadi.

Shu bilan birga, 8 ming 590 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishsiz yoshlar doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishadi.

Bundan tashqari, dasturga asosan, parrandachilik yo‘nalishida loyihalar qiymati 1 trln. 94 mlrd. 588 mln. so‘mlik jami 277 ta loyihalarni amalga oshirilishi natijasida 17 mln. 854 ming bosh parrandalar parvarish qilinib, yil yakuniga qadar 13 ming 997 tonna parranda go‘shti va 2 mlrd.875 mln. dona tuxum yetkazib berish rejalashtirilgan.

Ushbu parrandachilik yo‘nalishidagi loyihalarni ishga tushirilishi hisobidan jami 3 ming 435 nafar yoshlar yangi ish o‘rinlari bilan taʼminlanadi.

Xuddi shu kabi, mazkur dasturga muvofiq, Respublikada yil yakuniga qadar baliqchilik yo‘nalishida 1 trln. 220 mlrd. 655 mln. so‘mlik 317 ta, asalarichilik yo‘nalishida 41 mlrd. 235 mln. so‘mlik 122 ta va quyonchilik yo‘nalishida 317 mlrd. 429 mln. so‘mlik 56 ta loyihalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Shu qatorda, Respublika bo‘yicha 42 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan jami 861 mlrd. 962 mln. so‘mlik loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan bo‘lib, buning natijasida 25 ming 300 bosh qoramollar parvarishlanishi yo‘lga quyilib, yil yakuniga qadar 4 ming 390 tonna go‘sht va 121 ming 405 tonna sut yetishtirilishi belgilangan.

Mazkur paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan loyihalarni ishga tushirilishi natijasida 2 ming 257 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilib, yoshlar bandligi taʼminlanadi.

Shuningdek, joriy yilda Respublikada mavjud sigirlarni zotdorlik va mahsuldorlik xususiyatlarni yaxshilash, ulardan naslli buzoq olish ishlarini ham yaxshilash nazarda tutilgan bo‘lib, yil yakuniga qadar 2 mln. 400 ming bosh yoki mavjud sigirlarning 52 % ni sunʼiy urug‘lantirish rejalashtirilgan.

Buning uchun, naslli buqalarning jami 3 mln. 600 ming doza muzlatilgan urug‘lari sotib olinishi rejalashtirilgan.

Bugungi kunda, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiya tomonidan mazkur Dasturda belgilangan vazifa va topshiriqlar to‘liq nazoratga olingan bo‘lib, belgilangan loyihalar o‘z vaqtida ishga tushirilishiga erishilmoqda.

Xususan, joriy yilning 25 may holatiga qoramolchilik yo‘nalishida 298 ta loyihalar ishga tushirilgan, natijada 1 ming 640 tonna go‘sht yetishtirilib, 1 ming 664 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilishi taʼminlandi.

Shuningdek, qo‘y-echkichilik yo‘nalishida 60 ta loyihalar ishga tushirilib, 222 nafar, yilqichilik yo‘nalishida 4 ta loyihalar ishga tushirilib, 13 nafar yangi ish o‘rinlari yaratilgan bo‘lsa, tuyachilik yo‘nalishida 2 ta loyiha ishga tushirilgan hamda 13 nafar yangi ish o‘rinlari tashkil etildi.

Shu bilan birga, parrandachilik yo‘nalishida 89 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 653 nafar, baliqchilik yo‘nalishida 127 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 601 nafar, asalarichilik yo‘nalishida 69 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 148 nafar yangi ish o‘rinlari hamda quyonchilik yo‘nalishida 22 ta loyihalar ishga tushirilishi hisobiga 171 nafar yangi ish o‘rinlari yaratildi.

Hukumatimiz tomonidan bugun ko‘zlangan marralarni zabt etish, aholini sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiya va uning hududiy boshqarma hamda bo‘limlari tomonidan doimiy monitoring va nazorat tadbirlari o‘tkazilib, belgilangan vazifa va topshiriqlarni o‘z vaqtida amalga oshirilishi taʼminlanadi.

Bundan tashqari, Respublika aholisini sifatli va arzon chorvachilik mahsulotlari bilan taʼminlash, chorvachilik mahsulotlari yetishtirish hajmini ko‘paytirish hamda “daladan do‘kongacha” bo‘lgan uzluksiz zanjir tashkil etilishi to‘liq nazoratga olingan.

 

O‘zagroinspeksiya” Axborot xizmati

Text to speech