Ру Ўз O`z En

Chorvachilikda naslchilik boʼyicha qarorlar ijrosi nazoratda

30 Oktyabr 2020 3382

Аyni vaqtda bozorlarimizda chorvachilik mahsulotlari, ayniqsa goʼsht mahsulotlarining narxi bir qator omillar sabab muttasil oshib borayotganligi aholining haqli eʼtiroziga sabab boʼlmoqda.

Chorvachilik sohasida faoliyat yuritayotgan chorvador va mutaxassislar naslchilik ishini tashkil qilinishi, xoʼjaliklarda yuqori mahsuldor naslli chorva mollari bosh sonini koʼpaytirilishi, zotdor hayvonlarni hisob-kitobini yoʼlga qoʼyilishi, chorvachilik mahsulotlarini koʼpaytirish, tannarxini tushirish barobarida ushbu mahsulotlarning bozordagi narxlarini oshib ketmasligi garovi ekanligini yaxshi bilishadi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Аgrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Sirdaryo viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimi xodimlari tomonidan oziq-ovqat hafsizligini taʼminlash borasida mavjud qonunchilikka amal qilinishi yuzasidan ham bir qator tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, Oʼzbekiston Respublikasining “Naslchilik toʼgʼrisida”gi Qonunining 7-moddasi bilan Inspektsiyaga zotli hayvonlarning eksport va import qilinishi, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar chorvachilik xoʼjaliklarida mavjud zotli mollardan oqilona foydalanilishi, chorvachilikda naslchilik ishlarining hisobini yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolati yuklatilgan.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil 8 sentyabrdagi “Naslli mahsulot (material)ni eksport va import qilish tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 252-sonli qarori bilan naslli mollarni eksport va import qilish tartibi belgilangan boʼlib, uning 8-bandida import qiluvchi subʼekt tomonidan import qilinadigan naslli mahsulot (material) quyidagi talablarga muvofiq boʼlishi, yaʼni goʼsht va sut qoramolchiligida – yoshi eng koʼpi bilan 18 oygacha boʼlgan zotdor urgʼochi buzoqlar, boʼgʼozligi 6 oylikkacha boʼlgan, tirik vazni 450 kilogrammdan kam boʼlmagan va kutilayotgan tugʼish vaqtidagi yoshi 30 oydan koʼp boʼlmaydigan, homilani otasi toʼgʼrisidagi qoʼshimcha maʼlumotlar boʼlgan gʼunajin tanlanishi belgilangan.

Аgroinspektsiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman boʼlimlarining chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish inspektorlari tomonidan oʼtgan davr mobaynida Boyovut, Guliston, Sayxunobod, Sirdaryo, Oqoltin, Sardoba va Xovos tumanlaridagi chetdan 1035 bosh naslli qoramol olib kelingan 21 ta xoʼjalik yurituvchi subʼektlarda hamda naslchilikka ixtisoslashgan xoʼjaliklarida nasldor hayvonlardan oqilona foydalanish, 2020-2021 yillar chorva qishloviga ozuqa jamgʼarish hamda binolarni tayyorlash kabi yoʼnalishlarda monitoringlar oʼtkazildi va natijasiga koʼra xoʼjaliklarga zarur tavsiyalar hamda koʼrsatmalar berildi.

Joriy yilning sentyabr-oktyabr oylarida chorvachilikni rivojlantirish dasturiga asosan joriy yilda Ukraina davlatidan 217 bosh qora-ola zotli naslli mollar olib kelgan. Boyovut tumanidagi “Baxt nur chorva xamkor” fermer xoʼjaligiga Ukraina davlatidan 57 bosh qizil-choʼl va qora-ola zotli naslli qoramol, Oqoltin tumanidagi “SHUXRAT DIAMOND” MChJga Germaniyadan 96 bosh qora-ola golshtin zotli naslli qoramol, Oqoltin tumanidagi “Doda chorva”, Аvstriya davlatidan 62 bosh simmentalь zotli naslli gʼunojinlar, Xovos tumanidagi “Zominlik Murodjon” MChJga Polьsha davlatidan 33 bosh simmentalь zotli naslli gʼunojinlar va Guliston tumanidagi “Oybek chorva baraka” fermer xoʼjaligiga Ukraina davlatidan 33 bosh qora-ola zotli naslli mollar olib kelingan.

Sayxunobod tumanidagi “Maʼmura Iroda” fermer xoʼjaligida inspektsiyaning viloyat boshqarmasi va tuman boʼlimi inspektorlari tomonidan oʼtkazilgan oʼrganishlar natijasida ushbu xoʼjaliklarga chetdan olib kelingan naslli mollardan oqilona foydalanish boʼyicha yozma koʼrsatma, zotli mollarni pavarishlash va oziqlantirish yuzasidan zarur tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, joriy yilning oktyabrь oyida dastur doirasida joriy yilda chetdan naslli qoramol olib kelish rejalashtirilgan Sirdaryo tumanidagi “Sulton” fermer xoʼjaligi tomonidan qurilayotgan zamonaviy molxona qurilishi va ozuqa jamgʼarilishi, “Izidiyot klaster” MChJda takroriy makkajoʼxori ekinidan silos bostirish, “Turon ravnaq baraka” naslchilik fermer xoʼjaligida “Bushuev” zotli qoramollarni parvarishlash, genofondini asrash va chorva qishloviga tayyorgarlik koʼrish, Sayxunobod tumnidagi “Sattor” naslchilik xoʼjaligida naslchilik xisob-kitobini yuritilishi boʼyicha oʼrganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan xoʼjaliklar rahbarlariga amaliy yordam koʼrsatildi.

Shu bilan birgalikda, Inspektsiyaning viloyat va tuman inspektor xodimlari tomonidan Boyovut, Sayxunobod va Sirdaryo tumanlaridagi naslchilikka ixtisoslashgan xoʼjaliklarda “Naslchilik toʼgʼrisida”gi Qonunda belgilangan talablarga amal qilinishi yuzasidan oʼtkazilgan tekshirishlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan 3 nafar fermer xoʼjaliklari rahbarlariga nisbatan maʼmuriy ish qoʼzgʼatildi.

Аgroinspektsiya tomonidan oʼziga berilgan vakolatlar doirasida naslchilik sohasidagi qonunbuzilishi holatlarini oldini olish, aniqlangan holatlar yuzasidan taʼsir choralari qoʼllash hamda naslchilikni rivojlantirish yuzasidan chorvachilik xoʼjaliklariga koʼrsatmalar va amaliy yordam berish asosida doimiy nazorat manitoring ishlari yoʼlga qoʼyilgan.

Donyor Tashmatov “Oʼzagroinspektsiya”ning Sirdaryo viloyat boshqarmasi “Chorvachilik-naslchilik ishini nazorat qilish boʼlmi” bosh inspektori

Text to speech