Ру Ўз O`z En

“Chorvachilikda naslchilik ishlarining tahlili” mavzusida press-tur tashkil etildi

1 Fevral 2022 1619

Joriy yilning 29 yanvar kuni "O‘zagroinspeksiya"ning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan “Chorvachilikda naslchilik ishlarining tahlili” mavzusida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida press-tur tashkil etildi.

Respublikada bo‘lgani kabi Namangan viloyatida ham chetdan naslli qoramollarni olib kelish va mahalliy zotini yaxshilash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Inspeksiyaning hududiy boshqarmasida bu masalaga alohida eʼtibor qaratilib, rivojlangan davlatlardan zotdor mollarni olib kelish va bosh sonini ko‘paytirish chora-tadbirlari ko‘rilmoqda. Bugungi kunda viloyatda 756 ta chorva yo‘nalishdagi fermer xo‘jaliklari faoliyat ko‘rsatmoqda. Shundan 315 tasi qoramolchilik yo‘nalishida bo‘lib, ularning 95 tasi naslchilik maqomiga ega. Shu bilan birga qo‘y-echkichilikda 6 ta, parrandachilikda 7 ta, baliqchilikda 9 ta, quyonchilikda 3 ta hamda asalarichilikda 2 ta naslchilik xo‘jaliklari mavjud bo‘lib, ularda hozirgi kunda 12,6 ming bosh qoramol, 5,4 ming bosh qo‘y-echkilar, 1 mln 250 ming bosh parrandalar, 2,5 ming bosh quyonlar hamda 2,5 mingta asalari oilalari parvarishlanmoqda. 565,9 gektar suv havzalarida baliqchilik tashkil etilgan.

O‘tgan 2021 yilda qoramolchilikda 17 ta, baliqchilikda 6 ta subyektlarga naslchilik maqomi berilib, viloyatda naslchilik xo‘jaliklari soni 125 taga yetkazildi.

Chorvachilik xo‘jaliklaridagi qoramollar zotini yaxshilash, mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida chet davlatlardan viloyatga jami 1063 bosh naslli qoramollar keltirilib, tegishli hujjatlari asosida ularning kelib chiqishi, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha nasl sertifikatlari o‘rganilib, tegishli talablarga asosan davlat registriga olinishi nazorat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12.05.2020 yildagi “Chorvachilik tarmog‘iga davlat tomonidan subsidiya ajratishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 280-sonli qarori talablarini bajarilishi nazoratga olinib, qarorga asosan 2021 yil mobaynida jami 22 ta, qoramolchilik yo‘nalishida 12 ta, qo‘ychilik yo‘nalishida 2 ta, parrandachilik yo‘nalishidagi 7 ta hamda 1 ta baliqchilik subyektlarga subsidiya berish to‘g‘risidagi hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lib, Respublika komissiyasi tomonidan jami 3211,43 mln so‘m subsidiya ajratilishi taʼminlandi.

Vazirlar Mahkamasining 11.03.2021 yildagi №01-03/1-289-sonli va viloyat hokimining 22.03.2021 yildagi 01/09-14-sonli yig‘ilish bayonlarida belgilangan aholi va fermer xo‘jaliklari tasarrufidagi sunʼiy urug‘lantirish punktlari hamda fermer xo‘jaliklari tomonidan 180 ming dona naslli buqa urug‘lari olish, 120 ming bosh qoramollarni sunʼiy urug‘lantirish rejalari belgilangan bo‘lib, yil davomida jami 187 ming 659 dona naslli buqalar urug‘lari sotib olinib reja 104,3 foizga, sigirlarni sunʼiy urug‘lantirish 121 ming 142 boshga yoki reja 101,0 foizga bajarilishi nazoratga olindi.

O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyat  boshqarmasi chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish bo‘limi tomonidan 2021 yilning yanvar-dekabr oylarida jami 361 ta nazorat tadbirlari, jumladan 62 ta tekshirishlar (shundan xabardor qilish tartibida 44 ta), 299 ta monitoringlar o‘tkazildi.

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida 466 ta holatda Qonunbuzilishi aniqlandi.

Aniqlangan Qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan hokimliklarga va tegishli tashkilotlarga 48 ta taqdimnomalar kiritilib, shunga asosan 4 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka tortildi. Inspeksiya organi inspektori tomonidan 1ta holatda maʼmuriy bayonnoma tuzilib, 81,7 ming so‘m jarimalar undirildi. Shuningdek 11 ta holatda maʼmuriy ishlar qonuniy chora ko‘rish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudlariga yuborildi va javobgar shaxslarga sud tomonidan maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.

Shu kabi, tekshirish va monitoringlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan 406 ta bajarilishi majbur bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi. Kamchiliklarni bartaraf etilganligi bo‘yicha axborotlar olindi.

Qonunbuzilishi holatlariga yo‘l qo‘ymaslik hamda meʼyoriy hujjatlar talablari asosida ish tashkil etish yuzasidan 202 ta subyektlarga ogohlantiruvlar eʼlon qilindi.

O‘zagroinspeksiyaning Namangan viloyat boshqarmasi Axborot xizmati

Text to speech