Ру Ўз O`z En

Chorvachilikda naslchilik toʼgʼrisidagi qonun hujjatlariga rioya qilmagan xoʼjalik rahbarlarining masʼuliyati oshirib borilmoqda

27 Oktyabr 2020 2468

Mamlakatimizda chorvachilik tarmogʼi, xususan naslli mollarni koʼpaytirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga aylangan. Statistik maʼlumotlarga koʼra, Jizzax viloyati boʼyicha bugungi kunda jami 608 ta qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xoʼjaliklari faoliyat koʼrsatib, shundan 17 tasini naslchilik yoʼnalishidagi xoʼjaliklar tashkil qiladi.

- Ushbu xoʼjaliklarda hozirda 2 ming 200 dan ziyod zotdor qoramollar parvarishlanib, aholi, dehqon va fermer xoʼjaliklariga auktsion asosida yetkazib berilmoqda,-deydi “Oʼzagroinspektsiya” viloyat boshqarmasi Chorvachilikda naschilik ishini nazorat qilish boʼlimi bosh inspektori Uchqun Mamrajabov. –Shu bilan birga boshqarma va uning tuman boʼlimlari xodimlari tomonidan ana shu xoʼjaliklarida 1995 yilda 21 dekabrdagi “Naslchilik toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi qonuni va boshqa qabul qilingan normativ-xuquqiy hujjatlarning ijrosi hamda talablariga toʼlaqonli rioya etilishi yuzasidan bir qator nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, Zomin tumani “Chorvador” jamoa xoʼjaligi hududidagi “Beshbuloq” va “Qutchi” naslchilik fermer xoʼjaliklarida oʼtkazilgan oʼrganishlarda xoʼjaliklar faoliyatida bir qator kamchiliklarga yoʼl qoʼyilganligi aniqlandi.

-Oʼrganishlar natijasida “Chorvador” jamoa xoʼjaligidagi “Beshbuloq” hamda “Qutchi” naslchilik fermer xoʼjaliklarida naslchilik talablari toʼliq bajarilmaganligi maʼlum boʼldi, -deydi Inspektsiyaning Zomin tuman boʼlimi Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish boʼyicha katta inspektori Аhmad Qarshiboev.–Mazkur xoʼjaliklarda naslli chorva mollarini sunьiy urugʼlartirish 65 % (foiz) ni tashkil etib, mollarni tayyorlab sotish ishlari bor yoʼgʼi 55 % (foiz) ga bajarilgan xolos.

Ushbu xoʼjaliklarga nisbatan aniqlangan qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirib, tuman maʼmuriy sudiga yuborildi va sud qaroriga asosan xoʼjaliklarga nisbatan MJtK ning 92-moddasiga koʼra maʼmuriy jarimalar qoʼllanildi.

Maʼlumot oʼrnida, hozirgi kunda birgina Zomin tumanida chorvachilikka ixtisoslashtirilgan 102 ta fermer xoʼjaliklari mavjud boʼlib, shundan 6 tasi naslchilikka itisoslashtirilgan. Jumladan, qoramolchilik boʼyicha 3 ta, quyonchilik boʼyicha 2 ta hamda qoʼychilik boʼyicha 1 ta xoʼjalik faoliyat yuritmoqda. Naslchilik subʼektlarida 400 dan ortiq naslli chorva mollari, 1500 dan ortiq naslli qoʼylar hamda 800 dan ortiq naslli quyonlar parvarish qilinmoqda.

Shuningdek, Chorvachilik va naslchilik sohasida olib borilayotgan ishlarni toʼgʼri va haqqoniy tashkil etish va sohani rivojlantirish maqsadida inspektsiya organlari tomonidan doimiy nazorat olib borilmoqda.

 

“Oʼzagroinspektsiya” ning Jizzax viloyat boshqarmasi Аxborot xizmati

Text to speech