“Urugʼchilik toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 12 iyuldagi 575-sonli qarori bilan Oʼzagroinspektsiyaga qishloq xoʼjalik ekinlari urugʼlari yetishtirilishi ustidan nazorat tadbirlarini olib borish boʼyicha bir qator vakolatlar berilgan boʼlib, bular orasida Oʼzbekiston Respublikasi hududida ekishga tavsiya etilgan qishloq xoʼjaligi ekinlari Davlat reestrining yuritilishi ustidan nazorat qilish vazifasi belgilangan.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 13 maydagi “Qishloq xoʼjaligi ekinlari navlarini sinash markazi faoliyatini takomillashtirish, qishloq xoʼjaligi oʼsimliklari turlarining milliy genbankini yaratish toʼgʼrisida” gi 282-sonli qarori bilan Qishloq xoʼjaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xoʼjaligi ekinlari navlarini sinash markaziga Oʼzbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xoʼjaligi ekinlarining davlat reestrini yuritish asosiy vazifalaridan biri etib belgilangan.
Shunga muvofiq, 2020 yil davomida nav joylashtirish qoidalariga amal qilinishi yuzasidan "Oʼzagroinspektsiya" va uning hududiy boshqarmalari tomonidan bir qator nazorat tadbirlari olib borildi.
Jumladan, ushbu qoidalarning qoʼpol ravishda buzilish holatlari, shuningdek mazkur jarayonlarda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 27 apreldagi PQ-3683-sonli qarori bilan viloyat va tumanlar miqyosida belgilab berilgan navlar sonining cheklangan miqdoriga amal qilinmaganligi natijasida Inspektsiyaning Markaziy apparati tomonidan Surxondaryo, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hokimliklariga taqdimnomalar kiritildi.
Ushbu holatlarning kelgusida takrorlanmasligini oldini olish maqsadida quyida davlat reestriga kiritilgan gʼoʼza navlari viloyatlar kesimida taqdim etilmoqda.
Oʼylaymizki, paxta maydonlarida ekilgan gʼoʼza navlarining navdorlik koʼrsatkichlari, shuningdek, morfologik va qimmatli xoʼjalik belgilarining asl holda saqlanib qolishida, pirovard natijada esa fermer xoʼjaliklari tomonidan yuqori hosildorlikka erishishda muhim omillardan biri sanalgan nav joylashtirish qoidalariga amal qilinishida taqdim etilayotgan maʼlumotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
N.Ismailov, Urugʼlik paxta xom ashyosi chigiti
yetishtirilishini nazorat qilish boʼlimi