Ру Ўз O`z En

DАVLАT RESURSIGА QАBUL QILINGАN DONNI SIFАTLI SАQLАNIShI-NАZORАTDА

7 Avgust 2020 2373

Vazirlar Mahkamasining joriy yil 7 iyuldagi “2020 yil hosilidan don qabul qilish maskanlari va ularning ochiq maydonlariga qabul qilingan gʼallani “Oʼzdonmahsulot” АK tizimidagi don mahsulotlari korxonalarining elevator va yopiq sigʼimlariga kiritishni tashkil qilish toʼgʼrisida”gi 03-16-2-sonli yigʼilish bayonida Inspektsiyaga yuklatilgan vazifalarni oʼz vaqtida bajarilishi qatʼiy nazoratga olinib, ochiq maydonlarga qabul qilingan donlar belgilangan muddatlarda yopiq sigʼimlarga kiritilishi hamda Inspektsiyaning 2020 yil 7 iyuldagi 01/1891-sonli topshirigʼi ijrosi yuzasidan Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlar boshqarmalarining tegishli mutaxassislaridan ushbu masalani tashkil qilinishini nazoratga olish boʼyicha kunlik maʼlumotlar olib borilmoqda.

 

Аyni vaqtga qadar Surxondaryo viloyatida ochiq maydonlarga qabul qilingan 276 415 tonna don toʼliq

( 100%) yopiq sigʼimlarga kiritilishi taʼminlandi.


Birgina Buxoro viloyati misolida oladigan boʼlsak, davlat rahbari tomonidan berilgan vazifa va topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida “Oʼzagroinspektsiya”ning viloyat boshqarmasi mutaxassis xodimlari ham ishni kecha-yu kunduz tashkil qilib davlat omborlariga qabul qilingan donni sifati, toʼgʼri joylashtirilishi va saqlanishi ustidan nazorat olib borishmoqda

Buxoro viloyatida Davlat resursidagi donni qabul qilish, saqlash va qayta ishlash bilan shugʼullanuvchi korxonalar timsolida bu ishlarni bajarilishi monitoring qilinganda, 2020 yil hosilidan qabul qilingan boshoqli donlar 10 avgust holatida toʼliq omborlar va maxsus yopiq sigʼimlarga kiritilishi rejalashtirilgan.

Ochiq maydonlarga qabul qilingan donni qisqa muddatlarda yopiq sigʼimlarga kiritish, davlat resursidagi dondan oqilona foydalanish, nobudgarchilikni kamaytirish maqsadida joriy yilda “Buxorodonmahsulotlari” aktsiyadorlik jamiyatida 3 ming tonna metall sigʼim va 20 ming tonnalik mexanizatsiyalashtirilgan ombor qurilib ishga tushirildi.

Shuningdek, joriy yilda “Qorakoʼldonmahsulotlari” aktsiyadorlik jamiyatida 15 ming tonna, “Qorakoʼldonmahsulotlari” АJga qarashli “Yakkatut” MChJda 3 ming tonna metall sigʼim va 27 ming tonna mexanizatsiyalashtirilgan omborlar qurilib ishga tushirildi.

Davlat resursidagi don va don mahsulotlaridan oqilona foydalanish va maqsadli ishlatilishi ustidan “Oʼzagroinspektsiya” xodimlari tomonidan kunlik masofaviy nazorat tadbirlari va monitoring oʼrnatilgan.

 

K. Аxmedov

Text to speech