Ру Ўз O`z En

RAQAMLASHTIRISH: Texnika holatini nazorat qilish yo‘nalishida qanday ishlar amalga oshirildi

22 Dekabr 2023 1944

O‘tgan davr mobaynida soxada raqamlashtirishga alohida eʼtibor qaratilishi natijasida, bugungi kunda “O‘zagroinspeksiya”ning birgina Tehnika holatini nazorat qilish yo‘nalishida 3 ta raqamlashtirilgan-avtomatlashtirilgan axborot tizimi yaratildi va ishga tushirildi.

Bular:

1. “Texnikalar hisobi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi - davlat ro‘yxatiga olingan qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining elektron hisobini yuritish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda tizimga 350 mingdan ortiq texnikalar to‘g‘risida maʼlumotlar elektron bazasi ( https://uzagroteh.uz) yaratildi.

2. “Traktorchi-mashinist” avtomatlashtirilgan axborot tizimi - traktorchi-mashinist guvohnomasi olish uchun nazariy imtihonlarni elektron o‘tkazish hamda traktorchi-mashinistlar elektron hisobini yuritish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, bugungi kunda 105 mingdan ortiq traktorchi-mashinistlar to‘g‘risida maʼlumotlar elektron bazasi (https://tm.uzagroteh.uz/) yaratildi.

3. “Texnikalar texnik ko‘rigi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi - qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi to‘g‘risidagi maʼlumotlarni elektron yuritish maqsadida ishlab chiqilgan bo‘lib, 2023 yilning o‘tgan davrida texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan 240 mingdan ortiq texnikalar to‘g‘risida maʼlumotlar elektron bazasi( https://tk.uzagroteh.uz/) yaratildi.

Qog‘ozbozlikni qisqartirish va maʼlumotlarni real vaqt rejimida elektron uzatilishini taʼminlash maqsadida “Texnikalar hisobi” axborot tizimi 10 dan ortiq vazirlik idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilindi va buning natijasida 2023 yilning o‘tgan davrida

2,5 milliondan ortiq texnikalar to‘g‘risidagi so‘rovlarga real vaqt rejimida elektron javoblar berilishi taʼminlandi.

Inspeksiya tomonidan beriladigan texnik pasport, texnik guvohnoma hamda traktorchi-mashinist guvohnomalari maxsus QR kod tizimi joriy etildi.

Ushbu QR kod orqali texnikalar yoki traktorchi mashinist to‘g‘risidagi maʼlumotlarni real vaqt rejimida aniqlash imkoniyati yaratildi.

Davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasi sifatini oshirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarni vaqtini tejash maqsadida, Inspeksiya tomonidan ko‘rsatiladigan 6 turdagi xizmatlardan foydalanish uchun Yagona interaktiv davlat xizmati portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilish imkoniyati yaratildi.

Buning natijasida, jismoniy va yuridik shaxslar texnikalarini taqiqda turganligi yoki turmaganligi, shuningdek, texnika to‘g‘risidagi maʼlumotlarni olish uchun Inspeksiyaga kelib o‘tirmasdan, Yagona interaktiv davlat xizmati portali (my.gov.uz) orqali real vaqt rejimida maʼlumotnoma olish imkoni yaratildi.

Sohani raqamlashtirish ishlari davom ettirilmoqda

"O‘zagroinspeksiya" Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasi

Text to speech