Mamlakatimizda aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qulayliklar yaratish, raqamli texnologiyalar orqali xizmatlar ko‘rsatish vaqtini qisqartirish va sifatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 16 dekabrdagi 712-sonli qaroriga muvofiq, Qishloq ho‘jaligi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tomonidan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash va navdorligini baholash bo‘yicha 4 turdagi davlat xizmatlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joriy qilindi.
Endilikda qishloq xo‘jaligi urug‘larini, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash hamda urug‘lik paxta chigiti va donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash uchun davlat xizmatlari markazlariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali, vaqtni tejagan holda ariza berish imkoniyati yaratildi.Xizmatlardan foydalanish uchun ariza beruvchi Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi hamda arizada xizmat ko‘rsatish reglamentlariga muvofiq maʼlumotlarni va hujjatlarni kiritishi lozim.
Xizmatlardan quyidagi havolalar orqali foydalanish mumkin:
qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini sertifikatlash
urug‘lik paxta chigitini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
donli ekinlar urug‘larini uslubiy tahlil qilish va tuproqda nav tozaligini baholash
urug‘lar, dukkakli, moyli ekinlar va boshqa don ekinlarini qayta ishlashni sertifikatlash
«O‘zagroinspeksiya» Axborot xizmati