O‘tgan 2022-yil davomida Inspeksiya Texnika holatini nazorat qilish boshqarmasining tomonidan 45 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Shundan, 11 813 dona joriy yilda ishlab chiqarilgan yangi zamonaviy qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari tashkil etadi.
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalariga davlat ro‘yxatidan olinganligi to‘g‘risida 34 552 dona texnik pasport va davlat raqam belgisi hamda 10 456 dona texnik guvohnoma rasmiylashtirib berildi.
Shuningdek, eski namunadagi 38 mingdan ortiq texnik pasport va 6 mingga yaqin texnik guvohnomalar yangi plastik shaklga almashtirib berildi.
240 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalari yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazildi.
O‘tkazilgan nazorat tadbirlari natijasida, 10 605 ta holatda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari aniqlanib, ularga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalari bo‘yicha bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Qog‘ozbozlikni kamaytirish hamda maʼlumotlarni onlayn real vaqt rejimida uzatilishi va olinishini taʼminlash maqsadida “Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarining elektron hisobi” axborot tizimi integratsiya qilingan vazirlik idoralar soni 8 tani tashkil qildi.
Qishloq xo‘jaligi melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarining texnik ko‘rikdan o‘tkazishda Yangi mobil xizmat yo‘lga qo‘yildi. Yaʼni texnika egalarining murojaatlari asosida, texnikani turgan joyiga chiqqan holda, zamonaviy texnik ko‘rik jihozlari yordamida texnik ko‘rikdan o‘tkazish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalari mulk egalariga texnik ko‘rik muddati kelganligini xabardor etish maqsadida “SMS xabarnoma” dasturi ishga tushirildi.
Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist guvohnomasi olish uchun nazariy imtihon o‘tkazish tizimi to‘liq elektron shaklda olish yo‘lga qo‘yildi.
Buning uchun “Traktorchi-mashinist” axborot tizimi ishlab chiqilib, ishga tushirildi. Ushbu axborot tizimida nazariy imtihon olishdan tashqari traktorchi-mashinist guvohnomasi olish uchun o‘quv muassasalarida o‘qiyotgan talabgorlar hamda traktorchi-mashinist guvohnomasiga ega bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida elektron maʼlumotlar shakllanib boradi.
Respublika bo‘yicha 229 ta Traktorchi mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadigan taʼlim muassasalarining moddiy-texnik va o‘quv metodik bazasi ko‘rikdan o‘tkazildi va ushbu o‘quv muassasalari “O‘zagroinspeksiya”ning Traktorchi mashinistlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug‘ullanadigan taʼlim muassasalari hisobiga kiritildi.
“O‘zagroinspeksiya” va tegishli masʼul idoralar bilan birgalikda hududlarda ishsiz yoshlarni qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini boshqarish huquqini beruvchi traktorchi-mashinist kasbiga yo‘naltirish bo‘yicha tizimli ishlar tashkil qilinishi natijasida 11 mingga yaqin yoshlarga traktorchi-mashinist guvohnomasi berildi.
Shuningdek, 20 mingga yaqin eski namunadagi traktorchi-mashinist guvohnomalari, yangi yangi plastik shaklga almashtirib berildi.
Umuman olganda, sohani raqamlashtirish orqali elektron maʼlumot almashinishni jadallashtirish hamda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, shuningdek yoshlarni traktorchi-mashinist kasbini egallashi bo‘yicha amaliy ishlar davom ettirilmoqda.
“O‘zagroinspeksiya” Texnikalar holatini nazorat qilish boshqarmasi