Ру Ўз O`z En

Farg‘ona viloyatida quyonchilik rivojlanishiga alohida e’tibor qaratilmoqda

22 Iyun 2020 3365

Sifatli oziq-ovqat ta’minoti albatta o‘z vaqtida va belgilangan muddatlarda uzluksiz bajarilishi shart. “O‘zagroinspeksiya”ning Chorvachilikda naslchilik ishini joylarda to‘g‘ri va puxta nazorat qilinishi natijasida bugungi kunda chorvachilikning barcha sohalari, xususan qoramolchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik tarmoqlari bilan bir qatorda quyonchilik tarmog‘ining ham keng rivojlanishiga hamda aholini sifatli teri va parhez quyon go‘shti bilan to‘liq ta’minlanishiga erishilmoqda.

Inspeksiya mutaxassislariga ko‘ra, ayni davrda yurtimiz bo‘ylab quyonning 50 dan ortiq zotlari parvarish qilinmoqda. Mahsulot berishiga qarab quyonlar ikkita katta guruhga ajratilgan. Birinchi guruhga go‘sht va teri beradigan: ”Kulrang velikan”, ”Oq velikan”, ”Sovet Shinshilla” zotlari kirsa, ikkinchi ya’ni Tivit beradigan guruhga  ”Yangi Zellellandiya”, “Koliforniya”, “Kanada” va “Germaniya” zotilari kiradi. Quyonchilikni aholi xonadonlarida ko‘paytirish orqali aholi bandligini ta’minlashga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. O‘tgan vaqt mobaynida Respublika bo‘yicha 122 ta quyonchilikka ixtisoslashtirilgan agrofirmalar tashkil etilib, ularga 62 mlrd. 400 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan, shundan viloyatga 12 ta loyiha to‘g‘ri kelib, ulardan 3 tasi yangitdan tashkil etiladigan loyihalar, 9 tasi esa faoliyatini kengaytirishga mo‘ljallangan loyihalar o‘rin olgan. Bu loyihalarni amalga oshirish uchun 15 mlrd. 232 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilib, buning natijasida 113 ta yangi ish o‘rinlari yaratiladi.

Naslli quyonlarni ko‘paytirish maqsadida, birgina 2019 yilning o‘zida Italiyadan “Yangi Zelandiya”, Ispaniyadan “Domashniy Krolik”, Belarusiyadan ”Xillyus”, Rossiyadan “Xikol” zotli quyonlar keltirilib, Farg‘ona, Sirdaryo, Xorazm va Toshkent viloyatlaridagi quyonchilik fermer xo‘jaliklariga yetkazib berildi.

Shu bilan birga sohani tizimli ravishda rivojlantirish va uning seleksiyasini yo‘lga qo‘yish ham asosiy yo‘nalishlardan biri etib belgilangan.

Joriy yilning 6-7 iyun kunlari Prezidentning Farg‘ona viloyatiga tashrifi doirasida aholini kambag‘allikdan chiqarish chora-tadbirlari belgilab berildi. Shunga ko‘ra, viloyatga tashabbuskorlar tomonidan 78 ming bosh ona quyonlar keltirilib, ishsizlikdan qiynalgan xonadonlarga 10 boshdan imtiyozli shartlar asosida tarqatish nazarda tutildi.

Agroinspeksiyaning Farg‘ona viloyat boshqarmasi hamda tumanlar (Quvasoy shahar) bo‘limlari xodimlari tomonidan joylarda kam ta’minlangan oilalarning ro‘yxatini shakllantirish va ajratilayotgan quyonlarni parvarish qilinishi yuzasidan amaliy ko‘mak berish ishlari boshlab yuborilgan.

“O‘zagroinspeksiya”ning Farg‘ona viloyat boshqarmasi

Text to speech