O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 1 avgustdagi 175-son yig‘ilish bayoniga asosan joriy yilda 1 mln. 186 ming 382 gektar maydonga boshoqli don ekinlari ekilishi belgilangan.
Ushbu tadbirga, hududlardagi mavjud 1018 dona don ekish seyalkalari hamda 7999 dona don ekish moslamalari jalb qilindi.
Shuningdek, joriy yilda boshoqli don ekinlarini 222 ming 58 tonna fosforli va 83 ming 334 tonna kaliyli mineral o‘g‘itlar (fizik holda) bilan ekish ishlarini amalga oshirish belgilandi.
“O‘zagroinspeksiya”ning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan g‘alla ekish bilan bog‘liq barcha agrotexnik tadbirlarni o‘z muddatida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha kunlik monitoring o‘rnatildi.
Jumladan, joylardagi inspektorlar tomonidan, hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish davrida 657 ming 155 gektar maydonlarda monitoring tadbirlari o‘tkazib, ushbu tadbir davomida 9 ming 829 ta fermer xo‘jaliklarining 81 ming 290 gektar maydonlarida g‘alla ekish uchun yer tayyorlash va ekish ishlarida xato-kamchiliklar aniqlandi.
Xususan, joylardagi 6 ming 530 ta fermer xo‘jaliklarining 50 ming 841 gektar maydonida sifatsiz yer tayyorlanganligi, 3 ming 299 ta fermer xo‘jaliklarining 30 ming 449 gektar maydonida sifatsiz va sayoz g‘alla ekilganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan, mahalliy hokimliklar, tegishli korxona, muassasa, tashkilot rahbariga 238 ta taqdimnoma kiritilib, fermer xo‘jaliklariga 4943 ta yozma ko‘rsatmalar, 17370 ta holat bo‘yicha rasman ogohlantirishlar berildi.
Hududlarda boshoqli don ekinlarini ekish va parvarishlash ishlarini o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi bo‘yicha Inspeksiya tomonidan doimiy monitoring olib boriladi.
“O‘zagroinspeksiya”ning Qishloq xo‘jaligida Agrotexnik tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilish boshqarmasi