Respublikada joriy yilda 1 mln 33 ming gektar maydonlarga chigit ekilib, parvarish qilindi.
Аvgust oyining birinchi oʼn kunligidan barcha hududlarda havo haroratining moʼʼtadillashishi natijasida gʼoʼza juda yaxshi rivojlandi va bugungi kunda ham rivojlanish davom etmoqda.
Buning natijasida, gʼoʼzaning yuqori yaruslarida 6-8 ta qoʼshimcha hosil elementlari shakllanib, ayni vaqtda ushbu hosil elementlari 15-20 kunlik koʼsak holatida rivojlanmoqda.
2020 yil paxta hosili uchun gʼoʼza defoliatsiyasini sifatli oʼtkazish boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 14 avgustdagi yigʼilish bayoni qarori qabul qilinib, (14.08.2020 y, 03/1-1747-son) unda defoliatsiyani oʼtkazish tartibi, grafiklari, ekspert komissiyalari tarkibi hamda talab etiladigan moddiy-texnika resurslari hisob-kitoblari tasdiqlandi.
Joriy yil gʼoʼza maydonlarining 829,2 ming gektari yoki 80,2 foizida defoliatsiya oʼtkazilishi rejalashtirilgan.
Bu yilgi ob-havo sharoitini va gʼoʼzaning biologik pishib yetilishini eʼtiborga olgan holda, hamda “Oʼzgidromet” markazining joriy yilda gʼoʼza defoliatsiyasining oʼtkazish muddatlari boʼyicha tavsiyasiga asosan Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarda 2020 yil hosili uchun parvarishlanayotgan gʼoʼza maydonlarida defoliatsiya tadbirlarini oʼtkazish muddatlari belgilab berildi.
Jumladan, Аndijon, Navoiy va Fargʼona viloyatlarida 1-10 sentyabrь;
Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida 2-12 sentyabrь;
Qoraqalpogʼiston Respublikasi va Namangan viloyatlarida 3-12 sentyabrь;
Toshkent, Jizzax va Samarqand viloyatlarida 5-15 sentyabrь;
Sirdaryo viloyatida 6-16 sentyabr;
Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida 8-20 sentyabrь kunlarida gʼoʼza defoliatsiyasini oʼtkazish maqsadga muvofiq deb belgilandi.
Bundan tashqari, bayonnoma qarorida gʼoʼza defoliatsiyasini oʼtkazilishi yuzasidan hamda defoliantlarni qoʼllash meʼyorlariga rioya etilishi va defoliatsiyaning belgilangan muddatlarda sifatli amalga oshirilishi boʼyicha qatʼiy nazorat oʼrnatish Inspektsiyaga yuklatilgan.
Bugungi kunda, Inspektsiyaning viloyat boshqarmalari va tuman boʼlimlari tomonidan joylarda gʼoʼza defoliatsiyasini oʼtkazishga tayyorgarlik koʼrish, defoliantlarni qoʼllash meʼyorlariga rioya etilishi va uni sifatli oʼtkazish boʼyicha amalga oshirilayotgan ishlar boʼyicha nazorat tadbirlari olib bormoqda.
Shuningdek, 2020 yil 23 avgust holatiga Qoraqalpogʼiston Respublikasi va viloyatlarning gʼoʼza maydonlarida defoliatsiya tadbirini oʼtkazish uchun 1578 tonna yoki 739414 gektar (89%) maydonga yetarli defoliantlar zaxirasi yaratildi.