Ру Ўз O`z En

Don qabul qilish shoxobchalari mavsumga tayyorlanmoqda

2 May 2024 1149

Don - xalqimizning rizq-ro‘zi, farovonlik omili sanaladi. Shu bois urug‘ qadashdan tortib toki pishib yetilgan donni qabul qilish shaxobchalariga yetkazish va saqlashgacha bo‘lgan jarayonning sifatli kechishi muhim ahamiyatga ega.

Shu boisdan Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi Don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish  mutaxassislari tomonidan “O‘zdonmahsulotAK tizimidagi “SamarqanddonmahsulotlariAJ, “JomboydonmahsulotlariAJ, “OqtoshdonAJ va “Juma elevatori” AJ ularga qarashli filial, don qabul qilish shoxobchalari hamda “Kattakurgon g‘alla klasteri” MCHJ, “Mirzayev Shuxrat KenjayevichF/X va ularga qarashli don qabul qilish shoxobchalarining 2024-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika bazasi va laboratoriya jihozlarining tayyorgarligi bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi.

O‘rganish davomida viloyatdagi 4 ta don korxonasi, 1 ta filiali, 2 ta klaster va 13 ta don qabul qilish shoxobchalarining 2024-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga moddiy-texnika bazasi va laboratoriya jihozlarining tayyorgarligi bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berilib amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

Bugungi kunda Samarqand viloyatida faoliyat olib kelayotgan fermer xo‘jaliklari va klasterlar tomonidan 2024-yilda jami 235 000 tonna boshoqli don (bug‘doy), shundan 214 000 tonna tovar va 21 000 tonna urug‘lik bug‘doy doni qabul qilish rejalashtirilgan.

Viloyatdagi don qabul qilish korxonalari va ularga qarashli filial va maskanlarning laboratoriya xonalarida tahlillar o‘tkazishda kerak bo‘ladigan zarur o‘lchov vositalari hamda laboratoriya uskunalari bilan to‘liq jihozlangan bo‘lib, avtomobil, vagon tarozilari va laboratoriya o‘lchov vositalari metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilgan hamda qiyoslov sertifikatlari bilan taʼminlangan.

Bugungi kunda don korxonasi, filiali va don qabul qilish shoxobchalari  2024-yil g‘alla hosilini qabul qilish mavsumiga tayyorgarlik ishlari yakunlanib g‘alla hosilini qabul qilishga talab darajasida shay xolatga keltirilgan.

 

R.Sobirov, Don va ularni qayta ishlashdan olingan mahsulotlardan foydalanishni nazorat qilish  shoʻbasi boshlig‘i

Text to speech