Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Inspeksiya axborot xizmati rahbari Xolida Shodiyeva maʼlum qildi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan hisobot davrida quyidagi ishlar amalga oshirildi.
Jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda 5 508 ta profilaktika tadbirlari o‘tkazilib, amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, inspektorlar tomonidan 48 873 ta monitoringlar o‘tkazilib, tashkilot va korxonalarga 25 162 ta ogohnomalar kiritilgan.
Joriy yilning olti oyi davomida jami 2 279 ta tekshirishlar o‘tkazilgan bo‘lib, shundan, 324 tasi tadbirkorlik subyektlarida Biznes-ombudsmanni xabardor qilish tartibida amalga oshirilgan.
Tekshirishlar davomida aniqlangan qonunbuzilishi holatlari yuzasidan tashkilot va korxonalarning masʼul mansabdor shaxslariga nisbatan jami 4 987 ta holatda maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan bo‘lsa, 603 ta holat bo‘yicha moliyaviy sanksiyalar hisoblangan.
Xususan, 751 ta taqdimnomalar tegishli tashkilot va idoralarga kiritilib, 222 ta materiallar qonuniy qaror qabul qilish uchun sud va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan foydalanishni nazorat qilish yo‘nalishida suv isteʼmoli qoidalariga rioya etilishi ustidan qatʼiy nazorat olib borilib, qonunbuzilish holatlarini erta oldini olish maqsadida joylarda 4 624 ta amaliy tadbirlar o‘tkazildi.
“O‘zagroinspeksiya” xodimlarining amaliy yordami bilan 887 ta holatda suvdan foydalanuvchi va suv isteʼmolchilari o‘rtasidagi nizoli holatlar bartaraf etildi, 1000 dan ortiq holatda suv taʼminoti og‘ir bo‘lgan hududlardagi suv isteʼmolchilariga suv yetkazib berishda ko‘maklashildi, 472 ta yaroqsiz holatga kelgan suv xo‘jaligi obyektlaridan behuda suv oqizib yuborilishi to‘xtatilib, joylarda 262 marotaba tegishli tashkilotlar hamkorligida o‘quv amaliy seminarlari tashkil qilindi
Shuningdek, joriy yil hosilidan urug‘lik don yetishtirish uchun 128 ta tumanda tuzilgan aprobatsiya komissiyalari tomonidan urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilishini muntazam nazorat qilib borildi.
O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 3 ming 228 ta xo‘jaliklarning 93 ming 442 gektar urug‘lik g‘alla maydonlarida dala aprobatsiya ko‘rigi o‘tkazilib, shundan 80 ming 246 gektar yoki 86 foiz maydon yaroqli hamda 17 773 gektar yoki 14 foiz maydonlar turli sabablarga ko‘ra yaroqsiz deb topilgan.
Shuningdek, Respublika hududlarida 2023 yil paxta hosili uchun
136 ta paxta to‘qimachilik klaster korxonlari va 30 ming 116 ta fermer xo‘jaliklari tomonidan 1 mln. 12 ming maydonga chigit ekish ishlari amalga oshirildi.
“O‘zagroinspeksiya” tomonidan joylarda chigit ekish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha monitoring tadbirlari o‘tkazilib, 3 ming 173 ta fermer xo‘jaliklarining 22 259 gektar maydonida chigit ekishda xato-kamchiliklar aniqlandi.
Shuningdek, 2023 yil hosili uchun qishloq xo‘jaligi ekinlarini joylashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan nazorat tadbirlar davomida, 6 ming 393 ta fermer xo‘jaliklarida 54 ming 23 gektar maydonda belgilangan agrotexnik talablar buzilganligi maʼlum bo‘ldi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan, soha rahbarlariga taqdimnomalar va ogohlantirishlar kiritilib, yozma ko‘rsatmalar berilishi taʼminlandi
Shuningdek, yog‘-moy korxonalarining paxta texnik chigitini to‘liq texnologik siklda maqsadli qayta ishlaganligi hamda ularning mahsulot sifatini tasdiqlovchi gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlariga ega ekanligi ustidan nazorat amalga oshirib kelinmoqda.
Xususan, 2023-yilning 1-chi yarimida jami 22 ta (shundan 6 ta korxona qayta tekshirilgan) korxonalarda nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Tekshirilgan 22 ta yog‘-moy korxonalaridan, 2 tasi faoliyati esa qarorda belgilangan talablarga muvofiq emasligi maʼlum bo‘ldi.
Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l qurilish texnikalarini texnik holatini ulardan foydalanish samaradorligi, shuningdek, servis va taʼmirlash xizmatlarining sifati ustidan qatʼiy nazorat o‘rnatilib, o‘tkazilgan nazorat tadbirlari va monitoringlarda qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalaridan texnik jihatdan foydalanish va texnika xavfsizlik qoidalarini qo‘pol ravishda buzilish holatlari bo‘yicha jami 2 ming 136 ta maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Joriy yilning 1-yarimida jami 16 mingdan ortiq qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilishi texnikalari davlat ro‘yxatiga olinib, traktor va boshqa o‘ziyurar texnikalarga 15 152 dona davlat raqami belgisi, 54 623 ming dona yangi ID-karta (plastik) shakldagi xujjatlar, jumladan 32 340 dona texnik pasport va texnik guvohnoma, 22 ming 283 dona traktorchi-mashinist guvohnomasi berilgan, 115 ming donaga yaqin texnikalar majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilgan.
Chorvachilikda naslchilik ishini nazorat qilish yo‘nalishida Xalqaro qishloq xo‘jaligi hayvonlarini ro‘yxatga olish tashkiloti (ICAR) talablaridan kelib chiqib Respublikada yagona chorvachilik subyektlarini ro‘yxatga olish bo‘yicha elektron “Chorva moduli” ishlab chiqildi va unda 171 tadan ortiq indikator ko‘rsatkichlarini o‘z ichiga qamrab olgan jami 19 ming 282 ta subyektlar ro‘yxati shakllantirildi.
Respublika bo‘yicha keltirilgan jami 87 ming 149 bosh chorva , 1 mln. 17 mingga yaqin bir kunlik naslli jo‘ja, 8 mln. 373 yarim ming dona naslli tuxumlar hamda 10 bosh naslli otlar o‘rnatilgan tartibda davlat reyestriga kiritilishi nazorat qilindi.
O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi qonuni ijrosi yuzasidan joriy yilning 1-chi yarimida “O‘zagroinspeksiya”ga jami 396 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 306 tasi ko‘rib chiqilgan, 148 tasi qanoatlantirilib, 152 tasiga tushuntirish berilgan.
Bundan tashqari, “O‘zagroinspeksiya” tomonidan jami 20 652 ta jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilingan.