Ру Ўз O`z En

Xorazm: 2024-yil hosili uchun 8 ming tonadan ortiq sifatli uruglik don jamg'arildi

26 Iyul 2023 2549

Hukumatning sohaga oid qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida "Uzagroinspektsiya" tomonidan berilgan 2024-yil hosili uchun davlat standartlari talabiga javob beriladi. Navli boshoqli don ekinlari urug'larini jamg'arish, don korxonalariga qabul qilish hamda saqlashda qonunchilikda belgilangan talablarga rioya qilinishi nozarat qilib borildi.

Xususan, Xorazm viloyatida urug‘lik uchun ekilgan maydonlarda aprobatsiya o‘tkazilishi, don topshirish, qabul qilish va sifatli saqlashni nazorat qilish bo‘yicha Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi hamda tuman bo‘limlari, shuningdek, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazining hududiy filiallaridan tegishli mutaxassislari biriktirildi.

Viloyatda 2023-yil g‘alla hosilidan ekilgan urug‘lik g‘alla maydonlarida jami 73 ta urug‘chilik subyektlarining 1878,2 gektaridan 8000 tonna urug‘lik olish rejalashtirilgan bo‘lib, o‘tkazilgan aprobatsiya tadbirlari davomida viloyatning jami 2095 gektar, shundan, 75 ta urug‘chilik subyektlari(fermer xo‘jalik, ITI, Elita urug‘chilik xo‘jaligi, klaster korxonalari)ning 1868,6 gektar urug‘lik maydoni yaroqli deb topildi va 8000 tonna urug‘lik don qabul qilinishi belgilandi

Shuningdek, 2023-yil g‘alla hosilidan viloyatda urug‘lik g‘alla yetishtiruvchi subyektlarda o‘tkazilgan aprobatsiya natijalariga ko‘ra, mavjud ehtiyojlardan kelib chiqib qo‘shimcha ravishda 17 ta fermer xo‘jaliklarining 216,7 gektar maydoni aprobatsiya xulosasiga ko‘ra yaroqli deb topildi va undan 833,8 tonna urug‘lik don olish belgilab olindi.

Aprobatsiya tadbirining qonunchilikda belgilangan talablar asosida o‘tkazilishi o‘rganilganda, bir qator QONUNBUZARLIKLAR aniqlanib, 73 ta ogoxlantirish xatlari, 14 ta yozma ko‘rsatmalar va 2 ta (Yangibozor, Urganch) tuman bosh aprobatorlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MjtKning tegishli moddalari bilan javobgarlik masalasi ko‘rib chiqildi.

 2024-yil g‘alla hosili uchun urug‘lik donni qabul qilinishi bo‘yicha 8 ta urug‘lik don qabul qilish maskanlariga jami 75 ta urug‘chilik subyektlaridan 8000 tonna urug‘lik don qabul qilinishi rejalashtirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich amalda 8032 tonna yoki 100,4 foizga bajarildi.

Kelgusi yil hosili uchun qabul qilingan urug‘lik don to‘dalarini Hukumat qarorlarida belgilangan talablar asosida saqlanishi Inspeksiyaning viloyat boshqarmasi va tuman bo‘limlarining sohaviy xodimlari tomonidan tizimli ravishda nazoratga olingan bo‘lib, aniqlangan QONUNBUZARLIKLAR yuzasidan tegishli tartibda taʼsir choralari ko‘rib borilmoqda.

 

X. Sabirov-“O‘zagroinspeksiyaning Xorazm viloyat boshqarmasi

 

Text to speech