Shu kunlarda barcha hududlarda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi yuzasidan targ‘ibot-tushuntirish ishlari hamda aholini referendumda faollikka chorlovchi tadbirlar uyushqoqlik bilan amalga oshirilmoqda.
Navoiy viloyati mahallalarida, mehnat jamoalarida targ‘ibot tadbirlari tashkil etish maqsadida, «Agroinspeksiya»ning Navoiy viloyati Karmana tumani bo‘limi xodimlari tomonidan “Hazora” mahallasi hududida joylashgan 9-umumtaʼlim maktabining faollar zalida “Konstitutsiya – farovon hayotimizning asosiy mezoni” shiori ostida mahalla faollari ishtirokida tadbir tashkil etildi. Tadbirda “Adolat xalq demokratik” partiyasi deputati B.Turopov, Agroinspeksiyaning tuman bo‘limi xodimlari va mahalla faollari ishtirok etdilar. Shuningdek , joriy yilning 28 mart kuni «Agroinspeksiya»ning Navoiy viloyati Xatirchi tumanidagi barcha qishloq xo‘jaligi xodimlari va fermer xo‘jaligi raxbarlari ishtirokida viloyat «O‘zLidep» partiyasi rahbari M. Eshniyozov va Tuman kengashi deputatlari bilan hamkorlikda joriy yil 30 aprel kuni o‘tkaziladigan referendumga bag‘ishlangan targ‘ibot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan targ‘ibot uchrashuvida «Agroinspeksiya»ning Navoiy viloyati boshqarmasi boshlig‘i A.Rashidov so‘zga chiqib, amaldagi Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar, adolatli jamiyat qurish, inson qadrini ulug‘lash yo‘lidagi ulkan qadam ekanini taʼkidladi. Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendumda o‘z siyosiy huquqlaridan foydalangan holda faol ishtirok etishlarini bildirdi.
Yurtimizda davom etayotgan siyosiy jarayonda har bir fuqaroning o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizni takomillashtirishda ham xalqimiz o‘z orzu-istaklarini, takliflarini emin-erkin taqdim etadilar. Natijada xalqimizning istaklari to‘la aks etgan, chin maʼnodagi xalq Konstitutsiyasi yuzaga keladi deb ayta olamiz.
«O‘zagroinspeksiya»ning Navoiy viloyati boshqarmasi matbuot xizmati