Ру Ўз O`z En

Import qilingan 309 tonna urugʼlik kartoshkalar nomuvofiq deb topildi

14 Iyul 2020 2604

Inspektsiyaning Koʼchatlar, meva va poliz qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlarini yetishtirishni nazorat qilish boʼlimi tomonidan import qilinayotgan urugʼlik kartoshkalar boʼyicha Davlat bojxona qoʼmitasi berayotgan maʼlumotlar tahlil qilib borilmoqda. Qolaversa, Inspektsiya qoshidagi “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” DUK tomonidan mahalliy tayyorlangan va xorijdan keltirilgan urugʼlik kartoshkalarning ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha labarotoriya tahlili oʼtkazilganidan soʼng, sertifikatlashtirish ishlarini oʼz vaqtida amalga oshirilishi ustidan ham nazorat oʼrnatilgan.
Boʼlim tomonidan Davlat bojxona qoʼmitasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar tahlil qilinganda 4,5 ming tonna 2 mln 372 ming dollarlik urugʼlik kartoshkalar respublikamizga import qilinganligi maʼlum boʼldi. Bugungi kunga qadar mahalliy yetishtirilib tayyorlangan urugʼlik kartoshkalardan 4,2 ming tonna hamda xorijiy davlatlardan import qilingan 4,9 ming tonna jami 8,8 ming tonna urugʼlik kartoshkalar ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha sertifikatlashtirildi. Xorijdan import qilingan urugʼlik kartoshkalarning 309 tonnasi ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha nomuvofiq deb topilib, tegishli tartibda dalolatnomalar tuzilgan.
Jumladan, “Boʼstonliq kartoshkachilik markazi” MChJning
4,4 ming tonna, "Solanuz Fresh-Food" MChJning 500 tonna, "Burgut" f/x ning 81 tonna, "OQSUV SAXOVATI HOSILI" f/xning  150 tonna va "Xasanov Sobir Аrabboevich" f/xning 30 tonna  mahalliy yetishtirilib tayyorlangan urugʼlik kartoshkalari ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha sertifikatlangan.
"Bananza Trade Export" MChJning Gollandiyadan import qilingan             41 tonna, "SHAMSIDDIN JALILOV DALALARI" f/x tomonidan Gollandiyadan import qilingan 160 tonna, "Shukrona Agro Fayz" MChJ tomonidan Qozogʼistondan import qilingan 44 tonna Gala navli kartoshka va "EGOIST AST" MChJ tomonidan Rossiyadan import qilingan 63,6 tonna Gala navli jami 309 tonna urugʼlik kartoshkalari GOST 33996-2016 davlat standarti talablariga javob bermaganligi sababli nomuvofiq deb topilib nomuvofiqlik toʼgʼrisida sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, boʼlim tomonidan xududiy boshqarmalar inspektorlariga har kuni hududlardai noqonuniy, tegishli xujjatlari mavjud boʼlmagan urugʼlik kartoshkalarni tarqatilishini oldini olish boʼyicha topshiriqlar berilib, qatʼiy nazorat qilib borilmoqda.

Text to speech