Ру Ўз O`z En

Inspeksiyada bayram munosabati bilan “Yangi Konstitutsiya –baxtimiz qomusi” nomli tadbir tashkil etldi

7 Dekabr 2023 1664

Bugungi kunda barchamiz tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligini ko‘tarinki kayfiyat bilan nishonlamoqdamiz. Har qanday davlatning yuzi, obro‘ - eʼtibori uning Konstitutsiyasi bilan belgilanadi. Zotan, Конституция davlatni davlat, millatni millat sifatida dunyoga tanitadigan bosh Qonundir.

Shu munosabat bilan Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish Inspeksiyasida 8 dekabr - O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Inspeksiya boshlig‘i Abrol Vaxabov boshchiligida o‘tgan tadbirda Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Abdulloh Nizomov ekspert sifatida ishtirok etib, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmuni va unga kiritilgan o‘zgartirishlar, Bosh qonunimizning o‘ziga xos xususiyatlari, avvalgi Konstitutsiyadan farqli tomonlari haqida atroflicha so‘z yuritdi.Inspeksiya boshlig‘i A. Vaxabov yig‘ilganlarni bayram bilan qutlar ekan, Inson qadri ulug‘langan yangi O‘zbekistonda fuqarolarning davlatdan roziligini taʼminlashdek muhim vazifani vijdonan ado etishi, belgilangan qonun-qoidalarga asosan o‘z xizmat vazifamizni sidqidildan halollik bilan bajarishi Конституция oldidagi fuqarolik burchimiz ekanligini taʼkidladi.

taʼkidlanganidek, yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini so‘zsiz taʼminlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom maʼnoda yuksalishiga, ijtimoiy davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini beradi. Shu boisdan, yangi tahrirdagi Конституция ijrosini to‘liq taʼminlash barcha darajadagi davlat organlari va tashkilotlarining birinchi navbatdagi ustuvor vazifasidir.

Shuningdek, tadbir davomida "Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni" munosabati bilan soha rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shgan bir guruh yosh faollar va mutaxassislar Inspeksiya boshlig‘ining tashakkurnomasi bilan taqdirlandilar.

X. Shadiyeva, Inspeksiya boshlig‘i matbuot kotibi

Text to speech