Ру Ўз O`z En

Navoiyda g‘alladan bo‘shagan yer maydonlariga takroriy ekinlar ekilmoqda

17 Iyul 2023 2008

Respublikamiz aholisini arzon va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va fermer xo‘jaliklari iqtisodini mustahkamlash maqsadida, joriy yili Navoiy viloyatida g‘alladan bo‘shagan jami 33 ming 250 gektar maydonlarda takroriy ekin sifatida ekish ko‘zda tutilgan.

Mavjud yerlarning 1 ming 395 gektarga sabzavot, 355 gektarga poliz, 1 ming 923 gektarga moyli, 7 ming 414 gektar dukkakli, 5 ming gektar sholi, 10 ming 945 gektar ozuqa ekinlar va 6 ming 215 gektar tariq ekinlari ekilishi rejalashtirilgan.      

O‘zagroinspeksiyaning hududiy boshqarmalari va tuman bo‘limlari tomonidan, takroriy ekin sifatida ekilishi lozim bo‘lgan ekin yer maydonlarining ekish ishlariga tayyorlanishi, ekiladigan maydonlar uchun sarflanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini fermer xo‘jaliklari, klaster va boshqa korxonalarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi yuzasidan fermer xo‘jaliklari va dehqonlarga amaliy yordam ko‘rsatmoqdalar.

Bundan tashqari, bo‘limning vertikal tizimidagi inspektorlar tomonidan fermer xo‘jaliklari, klaster va boshqa korxonalarga qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini sertifikatlab ekilishi kelgusida ekinlar ekilgan maydonlardan yuqori hosil olish imkoni mavjud bo‘lishi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.                          

Shuningdek, “O‘zagroinspeksiya” vakolati doirasida muvofiqlik va fitosanitariya sertifikatlari mavjud qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarini realizatsiya qilinishi, standart talablari asosida saqlanishi nazorat qilinib borilmoqda. Sertifikatsiz urug‘liklarni tarqatilishi yoki ekilishiga yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlari tegishli tartibda ogohlantirilmoqda.                                

Joriy yilning 16 iyul holatiga ekilishi ko‘zda tutilgan maydonlarning 32 ming 574 gektari (98%) da ekish ishlari yakunlandi. Respublikamiz hududlarida, kelgusi yil hosili uchun urug‘lik maqsadlarida ekiladigan kartoshka maydonlari inspektorlar tomonidan alohida nazoratga olinib, kelgusida urug‘lik maqsadlari uchun ekilgan kartoshka maydonlarini aprobatsiya qilinishi va undan yaroqli deb topilgan urug‘lik maydonlaridan sifatli yuqori avlodli urug‘liklarni jamg‘arilishi hamda saqlanishi nazorat qilib boriladi.                                                                                   

D.Rashidova"O‘zagroinspeksiya"ning  Navoiy viloyat boshqarmasi

Text to speech