Ру Ўз O`z En

Samarqandda 66 ta holat bo‘yicha yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqarilishi natijasida yetkazilgan zarar hisoblandi

4 Yanvar 2024 1720

«O‘zagroinspeksiya»ning Samarqand viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilishi bo‘limi tomonidan qishloq xo‘jaligi yerlarini muhofaza qilish bo‘yicha quyidagi nazoratni amalga oshiradi: qishloq xo‘jaligi yerlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanilishi ustidan

tuproqning unumdor qatlamlarining ruxsatsiz olib tashlanishi, ko‘chirilishi va yo‘q qilinishini taqiqlash hamda yerlarning qishloq xo‘jaligi foydalanishidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘ymaslik ustidan;

 qishloq xo‘jaligi yerlarida o‘tkaziladigan xatlov va tuproq sifatini aniqlash ishlarining belgilangan tartibda amalga oshirilishi ustidan; 

sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlariga qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilmasdan qolish holatlari ustidan, yerlarni rekultivatsiya qilish bo‘yicha talablarga rioya etilishi ustidan;

o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqishiga sabab bo‘lgan holatlar natijasida yetkazilgan zararlarning undirilishi ustidan.

Viloyat bo‘yicha 66 ta holatda 5,8913 gektar yer maydonida o‘zboshimchalik bilan yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan jami 3 mlrd 176 mln 983 ming 574 so‘m miqdorida yetkazilgan zarar hisoblanib, shu munosabat bilan viloyat va tuman Prokuraturasiga 47 ta, IIB tergov bo‘linmalariga 18 ta xulosalar berilgan va 1 ta holatda yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarilgan.

Jumladan, Pastdarg‘om tumanida faoliyat olib borayotgan “Yuzboyev barakali chorvasi” fermer xo‘jaligining qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer maydonlaridan foydalanish holati yuzasidan o‘rganish o‘tkazilganda, fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan o‘zboshimchalik bilan uy-joy va molxona binosi qurib ajratilgan yer maydonlaridan belgilangan maqsadlarda foydalanmasdan kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011 yil 25 maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklariga, shuningdek, yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan hollarda yetkazilgan zarar o‘rinini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan yetkazilgan zararni ixtiyoriy qoplash yuzasidan ogohlantirish xati chiqarildi.

Hozirgi kunda yerlarning qishloq xo‘jaligi muomalasidan chiqishiga sabab bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarga nisbatan Prokuratura hamda IIB tergov bo‘linmalari tomonidan tergov harakatlari davom etmoqda.

Inspeksiya vakolati doirasida, viloyatdagi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar olib borilmoqda.

A.Xolbekov, Inspeksiyaning Camarqand viloyat boshqarmasi Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan foydalanishni nazorat qilish bo‘limi

 

Text to speech