Ру Ўз O`z En

Inspeksiya faoliyat yo‘nalishlariga oid sohalar bo‘yicha joriy yilning 29 yanvar – 12 fevral kunlarida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati 

14 Fevral 2022 1747

1. “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarining samarali himoya etilishini ta’minlash hamda aholining sudlarga bo‘lgan ishonchini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–107-son, 29.01.2022 y.) qabul qilindi

- Qarorga muvofiq, davlat organlari qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni ko‘rib chiqishda ma’muriy sudlarning rolini kuchaytirish maqsadida quyidagi tartiblar joriy etiladi:

- ma’muriy sudlarga dalillarni yig‘ish majburiyati yuklanadi, huquqi buzilganlarga esa dalillarni yig‘ishda faqat o‘z imkoniyatidan foydalanish sharoiti yaratiladi;

- davlat organlari qarorlari natijasida yetkazilgan zararni undirish talabini ham ma’muriy sudga bildirish huquqi beriladi;

- ma’muriy sudlarning hal qiluv qarorlari davlat organlari tomonidan ijro qilinmaganda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan sud jarimalari qo‘llanadi.

- Endilikda arizalarni sudga taalluqli bo‘lmaganligi sababli rad etish yoki ish yuritishni tugatishni taqiqlanadi.

- Arizalar sudga taalluqli bo‘lmaganda ularni ko‘rib chiqish vakolatli sudga o‘tkaziladi.

-Bir sud ishi doirasida ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik sudga taalluqli bo‘lganda ularni birlashtirish taqiqlanadi.

  1. Chorvachilikni yanada rivojlantirish va chorva ozuqa bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.02.2022 yildagi 121-son qarori

- paxta va g‘alla yetishtiruvchi sub’ektlar tomonidan 2 million gektar sug‘oriladigan yer maydonining 10 foiziga almashlab ekish joriy etiladi;

- 2022-2024 yillarda paxta-to‘qimachilik, g‘allachilik va sholichilik klasterlari tomonidan tashkil etiladigan chorvachilik komplekslarida chorva bosh sonini ko‘paytirish va chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish prognoz ko‘rsatkichlari tasdiqlandi;

- ayrim klasterlar tomonidan 5001.000 boshga mo‘ljallangan chorvachilik komplekslari tashkil etilishi belgilandi;

- 2022-2023 yillarda har bir tumanda kamida 1 tadan go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtiruvchi va qayta ishlovchi korxonalar tomonidan aholi xonadonlariga kooperatsiya usulida chorva mollari yetkazib berishni va yetishtirilgan mahsulotlarni qayta ishlash va sotishni tashkil etish vazifasi belgilandi;

- kooperatsiya usulida go‘sht va sut mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga:

- Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi hisobidan chorvachilik bo‘yicha, shu jumladan, chorva komplekslarini qurish, yirik va mayda shoxli nasldor chorva mollarini xarid qilish, chorva mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan 20 milliard so‘mgacha miqdordagi kreditlar bo‘yicha foiz stavkasining O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasidan oshadigan, lekin 8 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan qismiga kompensatsiya hamda kredit summasining 50 foizi miqdorida kafillik taqdim etilmoqda;

- chorvachilik yo‘nalishida jalb qilinadigan xalqaro moliya institutlarining kredit mablag‘lari 10 yil muddatga 3 yil imtiyozli davr bilan ajratiladi.

- 2022 yil 1 yanvardan boshlab 2023 yil 31 dekabrga qadar:

-qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan chorvachilik xo‘jaliklariga – o‘z xo‘jaliklarida va aholi xonadonlari bilan birgalikda kooperatsiya usulida yetishtirilib, go‘sht uchun realizatsiya qilingan yirik va mayda shoxli qoramollar tirik vaznining har bir kilogrammi uchun subsidiyaning miqdori 2 000 so‘mdan 4 000 so‘mga hamda sutning har bir litri uchun 200 so‘mdan 400 so‘mga oshiriladi. Bunda, subsidiya qo‘shilgan qiymat solig‘idan vaqtinchalik ozod qilish bo‘yicha imtiyoz amalda bo‘lgan davr uchun ham to‘lanadi;

-chorvachilik xo‘jaliklari tomonidan kredit va lizing shartlari asosida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalari kredit va lizing foizi xarajatlarining 10 foiz punktidan ortiq qismi qoplab berilishi belgilanmoqda.

-ozuqa ekin yer maydonlarida yomg‘irlatib va tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy etgan chorvachilik xo‘jaliklariga uning har bir gektari uchun 8 million so‘m miqdorida respublika budjeti hisobidan belgilangan tartibda subsidiya ajratilishi belgilandi.

- xorijdan olib kelinadigan, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan ozuqa ekinlarini ekish, yig‘ish va ozuqa tayyorlash qishloq xo‘jaligi texnikalari, ularning butlovchi buyumlari va ehtiyot qismlari, istisno tariqasida, 2025 yil 1 martga qadar bojxona to‘lovlaridan (qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) va utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinsin hamda tadbirkorlik sub’ektlariga “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan boshlab qo‘shilgan qiymat solig‘ini 180 kungacha bo‘lgan muddatga kechiktirib to‘lashga ruxsat berildi;

 Shu bilan birga, mazkur qaror bilan bir qator vazifalar ham belgilandi.

  1. “Fuqarolarning va tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari kafolatlari yanada kuchaytirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun (O‘RQ–752-son, 09.02.2022 y.) Prezident tomonidan imzolandi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, nogironlik pensiyalari Chernobil AESdagi avariya oqibatida III guruh nogironi bo‘lgan shaxslarga ham to‘lanadi.Ilgari faqat I va II guruh nogironlariga to‘lanishi belgilangan.

Oilaning mehnatga qobiliyatsiz a’zolari (bolalar, aka-ukalar, opa-singillar va nabiralar) yoshi 18 yoshgacha etib belgilandi. Ilgari 16 yoshgacha edi.

O‘quvchilar va talabalar o‘qishi davomida, 23 yoshgacha boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini olishi mumkinligi belgilandi. Ilgari 18 yoshgacha edi.

Bolani parvarishlash ta’tilining ish stajiga qo‘shiladigan davri 6 yil etib belgilandi. Ilgari jami 3 yildan ko‘p bo‘lmagan davr kiritilgan.

Qonunga ko‘ra, avtomobillar elektron auksion orqali ijaraga berilganda shartnomani notarial tasdiqlash talab etilmaydi.

Shuningdek, O‘zbekistonga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;

- o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilishni qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilish muddati 2022 yil 30 aprelgacha uzaytirildi.

Inspeksiyaning Huquqiy ta’minlash va xalqaro-huquqiy munosabatlar bo‘limi

 

Text to speech