O‘zbekiston Respublikasining “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan ekish uchun mo‘ljallangan boshoqli don ekinlari urug‘larining navdorlik va ekinbolik sifat ko‘rsatkichlari davlat standarti talablariga javob berishi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, mazkur talablar Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi tomonidan nazorat qilib borilmoqda.
Qonunga ko‘ra, ekish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinlarini tuproqqa ekib baholash urug‘liklarni maxsus uchastkalarda ekish va kelgusida ularning genetik (nav) sifatini tekshirish orqali urug‘liklarning muayyan turga, navga mansubligini hamda nav jihatdan sofligini belgilaydi
Urug‘lik ekinlarni tuproqqa ekib baholash nazorati o‘zi nima?
Urug‘lik ekinlarni tuproqqa ekib baholash nazorati O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya qilingan qishloq xo‘jaligi ekinlarining davlat reestriga kiritilgan boshoqli don ekinlari urug‘liklarni maxsus uchastkalarda ekish va kelgusida ularning genetik (nav) sifatini tekshirish orqali urug‘liklarning muayyan turga, navga mansubligini hamda nav jihatdan sofligini belgilanishi. Shunday qilib, boshoqli don ekinlarini sinovdan o‘tkazishda bitta tizimini o‘z ichiga oladi va urug‘larning usuv davrida navlarning o‘ziga xosligi va tozaligini nazorat qilishga imkon beradigan usul va usullar to‘plami hisoblanadi
Urug‘lik ekinlarni tuproqqa ekib baholash nazorati kim tomonidan amalga oshiriladi?
O‘zbekiston Respublikasi “Urug‘chilik to‘g‘risida”gi qonunining 20-moddasida urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan urug‘lik ekinlarini tuproqqa ekib baholash Inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmumida xizmatlar ko‘rsatish markazi” Davlat unitar korxonasi tomonidan amalga oshirish belgilangan.
Urug‘lik ekinlarni tuproqqa ekib baholash nazorati qanday amalga oshiriladi?
Don korxonalar hamda ilmiy tadqiqot muasasalari tomonidan tayyorlangan urug‘lik to‘dalaridan namunalar tanlab olinib, olingan namunalar markazlashgan holda “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” davlat unitar korxonasiga jo‘ntaniladi va markazning tegishli soha mutaxassislari tomonidan nav tozaligini aniqlash maqsadida maxsus ajartilgan dala tajriba uchastkasida ekilib g‘allaning barcha rivojlanish fazalarida kuzatuv ishlari olib borilib va maxsus daftalarga qayd qilib boriladi.
Sohada amalga oshirilgan ishlar nimalardan iborat?
“Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” Davlat unitar korxonasiga Respublikada 2020 yil hosili uchun “O‘zdonmahsulot” AK tizimidagi don korxonalarining urug‘lik don tayyorlash sexlari hamda ilmiy tadqiqot muasasalari tomonidan tayyorlangan urug‘lik bug‘doylarning 48 ta navidan avlodlari bo‘yicha jami 401 ta namunalar tanlab olinib shundan 30 tasi ko‘paytirish ko‘chatzori, 167 tasi super elita va 204 ta elita avlodli olib kelingan namunalar markazning maxsus ajartilgan dala tajriba uchastkasida ekilib, navlarning genetik sofligi davlat standarti talablari bo‘yicha baholash ishlari amalga oshirildi.
Ushbu namunalar Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 ta, Andijon viloyatidan 76 ta, Buxoro viloyatidan 2 ta, Jizzax viloyatidan 24 ta, Qashqadaryo viloyatidan 32 ta, Navoiy viloyatidan 13 ta, Namangan viloyatidan 29 ta, Samarqand viloyatidan 63 ta, Surxondaryo viloyatidan 34 ta, Sirdaryo viloyatidan 6 ta, Toshkent viloyatidan 33 ta, Farg‘ona viloyatidan 31 ta va Xorazm viloyatidan 28 ta urug‘lik bug‘doyning nav namunalarini tashkil etadi.
Inspeksiyasining Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Markaznng navdorlikni baholash bo‘yicha maxsus ajratilgan uchastkalarda borib o‘rganildi va navlarning o‘tkazilgan baholash natijalariga yuzasidan Qishloq xo‘jaligi vazirligi va tegishli manfaatdor tashkilotlarga xulosalar berildi.
Inspeksiyaning Don ekinlari urug‘lari yetishtirilishini nazorat qilish bo‘limi