Ру Ўз O`z En

INSPEKSIYADA DONORLIK AKSIYASI: "QON TOPSHIRIB, HAYOT TUHFA QIL!"

11 Iyun 2021 5099

So‘nggi bir yildan ortiq vaqt davomida yurtimizda karantin choralari qatʼiy belgilanganligi oqibatida donorlar soni kamayganligi va og‘ir bemorlar uchun donorlik qoni zarur ekanligini inobatga olib, 14 iyun-Xalqaro donorlar kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tashabbusiga ko‘ra, Respublika qon quyish markazi va “Fahrli inson” fondi hamkorligida xayriya donorlik aksiyasi tashkil etildi. 

Inspeksiya tomonidan “Qon topshirib, hayot tuhfa qil!” shiori ostida ilk bor uyushtirilgan mazkur xayriya tadbiri, 2021 yil – “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da ayni muddao bo‘ldi, deb ayta olamiz.

Xayriya tadbirida 30 nafardan ortiq Inspeksiyaning markaziy apparat xodimlari va inspeksiya qoshidagi “Agrosanoat majmuida xizmatlar ko‘rsatish markazi” DUKning ko‘ngilli xodimlari o‘z ixtiyorlariga ko‘ra  ishtirok etishdi.

- Bugungi xayriya aksiyasi orqali ezgu ishlarga oz bo‘lsa-da hissamni qo‘shayotganimdan baxtiyorman, - deydi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi katta inspektori Shavkat Xudoyberganov.  -  Og‘ir sinovdan o‘tayotgan  bemor bolalarga qo‘ldan kelgancha yordam ko‘rsatish hammamiz uchun farz va qarzdir.

Xayriya aksiyada beg‘araz donorlar tomonidan 13 litrdan ziyod topshirilgan qon preparatlarini respublikamizdagi onkologiya va gematologiya ilmiy-amaliy markazlarining hududiy bo‘limlarida davolanayotgan bemor bolalarga xayriya sifatida berilishi  ko‘zda tutilgan.

Inspeksiya Axborot xizmati

Text to speech