Ру Ўз O`z En

Xalqaro hamkorlik: ilg‘or tajribalar sohaga tatbiq etiladi

4 Sentyabr 2024 880

Avgust oyining so‘ngi kunlari "Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi" DM da soha yuzasidan xalqaro aloqalarni mustahkamlash va "O‘zagroinspeksiya"ning oziq-ovqat xavfsizligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida kelgan mutaxassislar tashrifi bilan boy bo‘ldi.

Jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qarashli FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sh.Umarov hamda Turkiya Respublikasi Turizm va madaniyat vazirligi huzuridagi Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Ali Riza Tezcan boshchiligidagi vakillardan iborat delegatsiya Markazga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida, rasmiy vakillar "O‘zagroinspeksiya"ning laboratoriyalar majmuasida bo‘lishib, laboratoriyalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.Shuningdek, "O‘zagroinspeksiya"ning oziq-ovqat xavfsizligi tizimida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirildi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash va sertifikatlashtirish faoliyatlariga doir jarayonlar yuzasidan taqdimotlar namoyish qilindi.Jumladan, FAO tomonidan amalga oshirilayotgan “FOLIO” O‘zbekistonda g‘allachilikni rivojlantirishga doir loyiha doirasida tashkil etilayotgan o‘quv-treningda Markaz mutaxassislarini xorijiy ilg‘or tajribalar bilan tanishtirish va malaka oshirishga kelishib olindi.

Hozirgi vaqtda FAO tashabbusi bilan 2025 yilda amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen bayonnomasi talablarini O‘zbekistonga joriy qilish” loyihasini shakllantirish bo‘yicha ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, mazkur guruhga Markaz tomonidan ikki nafar malakali mutaxassislar biriktirildi.

Loyiha bilan Bioxavfsizlik bo‘yicha Kartaxen bayonnomasi talablarini mamlakatimizda joriy etilishi rejalashtirilgan, bunda GMO yo‘nalishidagi tashkilotlar faoliyatini yana-da kuchaytirish, mutaxassislar malakasini oshirish va sohaga doir zamonaviy asbob-uskunalar bilan laboratoriyalarni taʼminlash ko‘zda tutilgan.

Xuddi shuningdek, Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari – Ali Riza Tezcan boshchiligidagi vakillar bilan uchrashuvda ham joriy yil 5 - 6 iyun kunlari ikki mamlakat Rahbarlari uchrashuvidagi kelishuvlar orasidagi “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochilishi loyihasini to‘laqonli va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida, TIKA tashkiloti bilan hamkorlikni yana-da kengaytirish va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarni jadallashtirish ko‘zda tutildi.

Shu bilan birga, “O‘zbek-Turk urug‘chilik test markazi”ni ochilishi yuzasidan muzokaralar olib borish maqsadida, Turkiyaning sohaga doir turli tashkilotlaridan iborat vakillarining O‘zbekistonga tashrifi joriy yil sentyabr oyida amalga oshirilishi taʼkidlab o‘tildi. O‘zbekistonga tashrif davomida soha bilan yaqindan tanishish uchun Turkiya tomonining tegishli tashkilotlari bilan uchrashuvlar rejalashtirildi.

Tomonilar o‘rtasidagi uchrashuvlar samimiy va ko‘tarinki ruhda yakunlandi.

 "O‘zagroinspeksiya" Axborot xizmati

Text to speech