Ру Ўз O`z En

NAVOIY: 19 MING GEKTARDAN OSHIQ YER MAYDONIDA SUV TEJOVCHI TEXNOLOGIYALAR O‘RNATILADI

30 May 2023 1298

So‘nggi yillarda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi yerlarining samaradorligini, jumladan, suvni tejaydigan texnologiyalarni qo‘llagan holda, oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.            

 Navoiy viloyatida 2023 yilda suvni TEJOVCHI texnologiyalarni joriy qilish bo‘yicha umumiy reja 19 ming 503 gektar bo‘lib shundan, 17 ming 163 gektar maydonda ( shu jumladan, 10562 gektar paxta maydonida) tomchilatib, 1840 gektar maydonda yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyasini joriy etish belgilangan.

Bugungi kunda 87 ta talabgorlar tomonidan 1 ming 453 gektar paxta maydonida (15%) tomchilatib sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha 7 mlrd so‘mlik pudrat shartnomasi rasmiylashtirilgan.

Shundan, 508 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini qurilish-montaj ishlari olib borilmoqda. Jumladan, 24 ta talabgorlar tomonidan hovuz qazish ishlari yakunlandi, 240 gektarda markaziy quvurlar montaj qilindi. 438 gektar maydonda nasos va filtr qurilmalari o‘rnatildi.          

O‘z navbatida, «O‘zagroinspeksiya» ning Viloyat boshqarmasi va tumanlar bo‘limlari tomonidan hududlarda joriy etilgan suvni tejaydigan texnologiyalardan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan nazorat o‘rnatilgan.

Xususan, Karmana tumanida bugunga qadar 1 ming 860 gektar paxta maydonida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini va 473 gektar g‘alla maydonida yomg‘irlatib sug‘orish, Konimex tumanida esa bugunga qadar 26 gektar g‘alla maydonida baraban usulida yomg‘irlatib sug‘orish suv TEJOVCHI texnologiyalar joriy etilib, ishga tushirilgan. Bugungi kunda, Inspeksiyaning tuman bo‘limi tomonidan 2023 yilning sug‘orish mavsumida mazkur texnologiyadan maqsadli va samarali foydalanishi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatildi.

Shuningdek, joriy etilgan suv TEJOVCHI texnologiyalardan samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida targ‘ibot va tashviqot ishlarini amalga oshirishga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

2023 yilning yozgi sug‘orish mavsumida ham tuman hududlarida joriy etilgan suvni tejaydigan texnologiyalardan maqsadli va samarali foydalanilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatilib boriladi. 

D.Rashidova, "O‘zagroinspeksiya"ning Navoiy viloyati boshqarmasi                        

Text to speech