Ру Ўз O`z En

JIZZAX: 83 MING GEKTARDAN ORTIQ MAYDONGA TAKRORIY EKINLAR EKILADI

19 Iyul 2023 2747

O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 -2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish, mavjud resurslardan samarali foydalanish orqali oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish, ichki bozorda aholini oziq-ovqatga bo‘lgan talabini qondirish va narxlar barqarorligini saqlash maqsadida: “O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyat boshqarmasi tomonidan, 2023-yil g‘alladan bo‘shagan maydonlarga takroriy ekinlar ekish yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Jumladan, ertaki ekinlar va g‘alladan bo‘shagan maydonlarga qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish uchun yerlarning tayyorlanishi va ekinlarning tasdiqlangan jadvallar asosida, o‘z muddatida ekilishi, qishloq xo‘jaligi korxonalari tomonidan agrotexnika tadbirlariga to‘liq rioya etilishi va ularning sifatli o‘tkazilishi masalalari Agroinspeksiyaning asosiy diqqat markazida bo‘lib turibdi.

2023-yilda Jizzax viloyati bo‘yicha jami 83 ming 50 gektar yer maydoniga takroriy ekinlar ekilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bugungi kungacha har bir hududning tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda mazkur maydonlarning 78 ming 660 gektariga takroriy qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘lari qadalmoqda.

Joriy yilda asosan, takroriy ekin ekish maydonlarida sabzavot, kartoshka, poliz, kungaboqar va dukkakli ekinlar ekilishiga alohida eʼtibor qaratilgan.

O‘zagroinspeksiyaning Jizzax viloyati boshqarmasi va tumanlardagi mutaxassislari tomonidan takroriy ekin uchun talab etiladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larining sifat ko‘rsatgichlari bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari mavjudligi hamda ekish mavsumida urug‘liklarni fermer xo‘jaliklar va boshqa korxonalarga o‘z vaqtida yetkazib berilishi doimiy nazorat qilib borilmoqda.  

Nazorat tadbirlari davomida takroriy ekinlar ekish uchun talab etiladigan urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar, kimyoviy preparatlar, yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va boshqa moddiy resurslarning belgilangan muddatlarda taʼminlanishiga erishilmoqda.

 "O‘zagroinspeksiya" Jizzax viloyat boshqarmasi

Text to speech