Ру Ўз O`z En

Jizzax viloyatida piyoz, sarimsoqpiyoz va “toʼqsonbosti” ekin turlari boʼyicha ekish rejasining necha foizi bajarildi?

23 Noyabr 2020 3031

Xalqimiz orasida “Toʼqson kunda tovoqda”, “Toʼqsonda sugʼorsang, toʼqson botmon hosil olasan”, degan purmaʼno naql bejizga aytilmagan. Sodda qilib aytganda, ekinlarni kuzda ekib, qor ostida qoldirish usuli bu toʼqsonbosti deb ataladi. Bunday ekinlarning urugʼlari erta koʼklamda yerdan juda barvaqt unib chiqib, tez rivojlanishi hisobiga erta va koʼproq hosil beradi. Qolaversa, erta bahorda - ayni ilikuzdi vaqtda turli hil vitaminlarga boy sabzavot va koʼkatlarni isteʼmol qilsak, foydadan holi boʼlmaydi.

Shu maʼnoda, joriy yil 19 sentyabrdagi “2021 yil hosili uchun
2020 yilning sentyabrь-oktyabrь oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda noyabrь-dekabrь oylarida “toʼqsonbosti” usulida eksportbop sabzavot ekinlarini ekish, talab etiladigan moddiy resurslarni yetkazib berish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi hukumat tomonidan tasdiqlangan yigʼilish bayoni aholining arzon va sifatli qishloq xoʼjaligi mahsulotlari bilan taʼminlashga zamin yaratadi. Bu borada “Oʼzagroinspektsiya”ga ekinlarni oʼz vaqtidan kechiktirmay ekish hamda ekish ishlarida sustkashlikka yoʼl qoʼymaslik va uni oldini olish boʼyicha tegishli topshiriqlar berilgan.
Viloyatda, fermer xoʼjaliklari tomonidan 2021 yil hosili uchun jami 2026 gektar maydonga, shundan 810,0 gektarga sentyabrь-oktyabrь oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz hamda 1215,0 gektarga toʼqsonbosti usulida sabzovot ekinlari ekish belgilangan.
- Biroq, olib borilgan oʼrganishlar shuni koʼrsatadaki, joriy yilning 20 noyabrь holatiga qadar jami 801,0 gektarga yoki 39,0 foiz maydonlarda esportbop sabzavot ekinlari ekilgan, -deydi “Oʼzagroinspektsiya” ning Jizzax viloyat boshqarmasi katta inspektori Mirvohid Yusupov. Shundan, sentyabrь-oktyabrь oylarida piyoz va sarimsoqpiyoz ekinlari
551,0 gektar, yoki 68,0 foiz hamda 250,0 gektar, yohud 20,6 foiz maydonlarga “toʼqsonbosti” ekinlari ekilganligi aniqlangan.
“Toʼqsonbosti” usulida ekilgan sabzavot ekinlarining 167,0 gektarini piyoz, 31,5 gektarini sabzi, 0,6 gektarni osh lavlagi, 13 gektarini sedana,
23 gektarni koʼkatlar va 15 gektarini karam ekinlari tashkil qiladi. Darvoqe, piyoz va sarimsoqpiyoz hamda “toʼqsonbosti” usulida sabzavot ekinlarining 512,6 gektari ochiq maydonlarga va 288,4 gektari bogʼ-tok qator oralariga ekilgan.
Viloyatda mavsum oldidan 4,5 tonna piyoz, 0,3 tonna sabzi, 0,08 tonnasi koʼkat urugʼligi tayyorlandi, -deydi “Oʼzagroinspektsiya” ning Jizzax viloyat boshqarmasi bosh inspektori Oʼrol Qarshiboev. Bundan tashqari, ekish va keyingi agrotexnik tadbirlarni koʼngildagidek olib borish uchun 5 million 350 ming soʼmlik yaʼni 811 tonna yoqilgʼi-moylash materiallari hamda buning uchun zarur boʼlgan azotli, fosforli va kaliyli oʼgʼitlar zaxirasi yaratilgan.
Viloyat Ipektsiyasining oʼrganishlar natijasiga koʼra, 2021 yil hosili uchun sentyabrь-oktyabrь oylarida piyoz, sarimsoqpiyoz va toʼqsonbosti usulida sabzovot ekinlari toʼliq ekilishi boʼyicha aniqlangan qonunbuzilishlar, salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari va unga imkoniyat yaratib berayotgan shart-sharoitlarni bartaraf etish yuzasidan boshqarma boshligʼi nomidan Paxtakor, Sh.Rashidov, Doʼstlik, Mirzachoʼl va Yangiobod tumani hokimliklariga taqdimnomalar kiritilgan.
Shuningdek, “toʼqsonbosti” usulida ekilgan sabzovot ekinlarning ekilishi boʼyicha yoʼl qoʼyilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Mirzachoʼl, Zafarobod va Sharof Rashidov tumanlarining barcha sektor rahbarlariga yozma koʼrsatmalar berilgan.

“Oʼzagroinspektsiya” ning Jizzax viloyat boshqarmasi
Аxborot xizmati

Text to speech