Ру Ўз O`z En

Kartoshka yetishtirish va urugʼchiligini rivojlantirish boʼyicha Prezident qarori Аgroinspektsiya nazoratida

17 Sentyabr 2020 3129

Koʼchatlar, meva-sabzavot va poliz qishloq xoʼjaligi ekinlari urugʼlari yetishtirilishini nazorat qilish boʼlimi hamda inspektsiyaning hududiy boshqarmalari inspektorlari tomonidan PQ-4704-son Qarori ijrosi muntazam ravishda nazorat qilib borilmoqda. Joriy yilda Respublikada ekiladigan urugʼlik kartoshkalarni buyurtmachilarning arizalariga asosan, mahalliy tayyorlangan va xorijdan keltirilgan urugʼlik kartoshkalarning ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha “Аgrosanoat majmuida xizmatlar koʼrsatish markazi” DUK tomonidan tahlil qilinib sertifikatlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Jumladan, mahalliy yetishtirilib tayyorlangan urugʼlik kartoshkalardan 4,1 ming tonna hamda xorijiy davlatlardan import qilingan 8,9 ming tonna jami 13 ming tonna urugʼlik kartoshkalarga ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha sertifikatlashtirildi. Xorijdan import qilingan urugʼlik kartoshkalarning 2,0 ming tonnasi ekinboplik sifat koʼrsatkichlari boʼyicha nomuvofiq deb topilib, tegishli tartibda nomuvofiqlikligi boʼyicha sinov bayonnomalari rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-4704-sonli qarorning ijrosi tahlil qilinganda, Respublika boʼyicha jami 2,6 ming gektar maydonda urugʼlik uchun kartoshka ekilgan boʼlib, shundan, 829 gektar maydonda Elita va 1,7 ming gektar maydonda R1 urugʼligini tashkil etadi. Ushbu ekilgan maydonlarda jami 31,7 ming tonna urugʼlik kartoshkalar olinishi rejalashtirilib, shundan, 7,6 ming tonnasi Elita va 24 ming tonnasi R1 avlodiga mansub urugʼliklar xisoblanadi.

Shuningdek, PQ-4704-son Qarorda kartoshka urugʼligi yetishtirish ixtisoslashtirilgan viloyatlarning tumanlari tahlil qilinganda Jizzax viloyatida atigi 5 gektar maydonda urugʼlik uchun kartoshka ekilgan, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida barcha imkoniyatlar mavjud boʼlsada, umuman urugʼlik uchun kartoshka maydonlari ajratilmagani hamda ekilmaganligi aniqlandi.

 

"Oʼzagroinspektsiya" Аxborot xizmati

Text to speech